Alkenlarning kimyoviy xossalar
Alkenlar reaksiyaga o`ta qobiliyatli birikmalardir. Quyida ularning eng zarur reaksiyalarini ko`rib o`tamiz.
Vodorodni biriktirib olish
O`ta maydalangan platina yoki palladiy ishtirokida xona haroratida vodorod alkenlarga birikadi. Reaksiya analitik ahamiyatga ega. Ushbu sharoitlarda aren uglevodorodlar gidrirlanmaydilar. Shunday qilib, alkenlarning miqdorini ushbu yo`l bilan aniqlash mumkin. Masalan, kreking benzinlarida.
Alkenlarning simob (II) atsetati va oltingugurt (I) xlorid S2Cl2 bilan reaksiyalari ham analitik ahamiyatga ega.
A) Simob atsetatining birikishi:
Hg(OOCCH3)2
Ushbu usul bo`yicha alkenlarni boshqa uglevodorodlardan ajratish va ularni toza holda ajratib olish mumkin.
B) S2Cl2 ni biriktirish:
Ushbu reaksiya ham alkenlarni neft mahsulotlaridan miqdoran ajratib olishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |