Demak, VPN bo‘lgani yaxshimi?
Ha, agarda siz biznes sohibi bo‘lib, korporativ ma’lumotlaringiz va servislaringizning xavfsizligini ta’minlashni istasangiz, VPN juda yaxshi narsa. Ish muhitiga xodimlaringizni faqat VPN orqali hamda maxsus akkauntlari bo‘yicha o‘tkazasiz va kim nima qilganiyu qilayotganidan hamisha boxabar bo‘lasiz.
Bundan tashqari, VPN egasi server va foydalanuvchi o‘rtasida uzatilayotgan barcha trafikni monitoring qilishi va nazorat etib borishi mumkin.
Xodimlaringiz Feysbuk, Odnoklassniki kabilarda ko‘p o‘tirishadimi? Bu servislarga kirishni yopib qo‘yishingiz mumkin. Ular orasida kimdir o‘z ish kunining yarmini karikaturalar saytida o‘tkazadimi? Uning internetdagi faolligi avtomatik tarzda loglarga yozilib boradi va o‘zini ishdan bo‘shatish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |