Bozorga yo’nalganlik(moslashish) birinchidan, bozorning o‘zi xaqida tushunchaga ega bo‘lishga va ikkinchidan, bozorga yunalgan strategiyani shakllantirish uchun asos yaratishga imkon beradi. Kichik korxona ўз махсулотларини киргиза олган бозор ва у ердаги инсонларни тўлиқ ўрганиб чиқсагина, у бозорга моcлаша олади. Bozorga moslashish jarayoni quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: iste’molchilar, raqobatchilar, bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunda biznesning istiqbolini, iste’molchilar ongida tovar qiymatini yuqori darajaga ko‘tarish va uni iste’molchilarga taqdim qilish tadbirlarini ishlab chiqish hisobga olinishi lozim. - Bozorga moslashish strategiyaning asosiy tavsiflari quyidagicha keltirilgan. Bozorga moslashish rahbariyatga kompaniyaning asosiy vakolatlari aniqlashga, shuningdek xaridorlarning qaysi extiyojlari shu omillar bilan yuqori darajada qondirilishi mumkinligi imkonini beradi.Ayrim tavsiflarni kompaniyaning mavjud strategiyasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bozorga moslashish strategiyani qo‘llovchi kompaniyalar samarali natijalarga erishadilar. Dell computer, Singapur airlines, Tiffany & Company, Wall-Mart kabi kompaniyalar bunga yaqqol misoldir. Kompaniyaning bozorga moslashish strategiyasi uning xaridorlari bilan o‘zaro munosabatida juda muhimdir. Biznesning barcha kuchlari iste’molchilik qiymatini yaratishga qaratilgan bo‘lsagina, u bozorga moslashish hisoblanadi”.
- Bozorga moslashish, kompaniyaning barcha kuchlari iste’molchining ehtiyojlarini tushunishga va qondirishga qaratilishi lozimligini uqtiradi.
- Bozorga moslashish kompaniyalar doimo iste’molchilar, raqobatchilar va bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adilar va ushbu ma’lumotlarni biznesning strategik istiqbolini hisobga olgan holda tahlil qiladilar, iste’molchilik qiymatini taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qiladilar va buni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar. Shunday qilib, bozorga moslashish diqqat e’tiborni iste’molchiga qaratish, raqobatchilar faoliyatini kuzatish va kompaniya ichida funksional hamjihatlikni nazarda tutadi.
- Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz. Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir biriga bog‘lik biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. 1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda.
- Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasida ko‘rsatilgan. Ushbu tashkiliy struktura boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi.
- Xulosa
- Kichik biznes subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish. “Bozor koalitsiyasi”asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |