Sayr vaqtida tabiat hodisalarini, kattalar mehnatini bolalar bilan yalpi kuzatish o’tkaziladi. Vaqt - vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga ularga ma`lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o’qib beradi. Ta`lim shakllaridan biri didaktik o’yin hisoblanadi. U avvalo kundalik hayotda bilimlar, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash uchun ham, yangi mazmunini o’zlashtirish chog’ida ham foydalaniladi. Biroq qator hollarda ayniqsa, maktabgacha ilk va maktabgacha kichik yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar didaktik o’yin shaklini kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |