Turk olimi Elxon Oqsoy apalona chig‘anog‘ini o‘rganib ikki baravar mustahkamligini tadqiq qilgan. Dengiz mavjudotining zirhi mikroskop orqali 300 000 marta kattaytirib tekshirilganda g‘ishtdan terilgan mustahkam devorga o‘xshaydi. Bu devor oqsillar va kalsiy uglerodi qorishmasidan tayyorlangan g‘ishtlardan terilgan ekan. Ko‘p qavatli va ko‘p tabaqali devor inson yasagan chinnidan bir necha baravar mustahkam ekan. Bu namunadan ilhomlangan Elxon Oqsoy boron-karbil alyumin materialini kashf qilgan. Hozirda bu materialdan AQSHda tanklarning zirhini yasashda foydalanilmoqda. Ammo insonlar yasagan buyumlar vaqtincha bo‘lib ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng emirilib yoki zanglab erroziyaga uchraydi. Biomimetika materiali o‘zining chidamligi bilan ajralib turadi. Singan chinnini o‘zining aslidek qilib butlab bo‘lmaydi. Chegalangan idishni ko‘rgan bo‘lsangiz bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz. Polimerlar va poliklatlar esa o‘z-o‘zini yangilash xususiyatiga ega. Tabiatdagi materiallarning asosiy qismi aralash moddalardan hosil bo‘ladi. Kompozit materiallardan tolali shisha yaratilib ular formula 1 poyga mashinalari va sport jihozlari, kemalarning elkanlari kosmik kemalarning ba’zi detallarini yasaladi. Ammo tabiatda ba’zi jonivorlar tug‘ilgandayoq ana shu materialga ega bo‘ladi. Masalan, timsohlarning terisidagi o‘ziga xos to‘qima xuddi shishali tolaning o‘zginasidir. Tabiiy kompozit materiallar esa sun’iysidan ancha chidamligi aniqlangan.
MUHOKAMA
Tabiatdagi ko‘pgina hashorotlar ipak ishlab chiqaradi. Ammo ulardan ayrimlar o‘ziga xos bo‘lib bu o‘rgimchak to‘ridir. O‘rgimchak ini dunyodagi eng pishiq mustahkam toladir. O‘rgimchak inida tola diametri 1 mm dan sal kamroq bo‘lsa-da bu xuddi shunday qalinlikdagi po‘lat simdan besh baravar mustahkam ekan. Bundan tashqari o‘rgimchak tolasi o‘zining uzunligga qaraganda to‘rt marta cho‘zila oladi. U shunday engilki agar butun Er kurrasini o‘rgimcha ipi bilan uch marta o‘rab chiqilsa ham uning og‘irligi atigi 1kg bo‘ladi. Eng qizig‘i har bir o‘rgimchakning ipi boshqalarinikiga o‘xshaydi. Yfna u iplar o‘z xossalarini osonlik bilan o‘zgartira oldai. Agar o‘rgimchakning biror tolasi uzilsa o‘rgimchak uni eb qo‘yib o‘zidan boshqa tola ishlab chiqaradi. Diatematus nomli o‘rgimchak o‘z tanasidagi bezlardan etti xildagi tola ishlab chiqara oladi. Kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi Dyupon firmasi o‘rgimchaklar tolasidan texnologiyada foydalanishni taklif qilib keladi. Bu firma o‘rgimchak tolasining siridan voqif korxonadir. Ular o‘rgimchak tolasidan material ishlab chiqib unga Kevlar deb nom berishgan. Miltiqdan sekundiga 150 metr tezlikda uchib chiqqan o‘q o‘z oldidagi har qanday buyumni teshib o‘tadi. Ammo kevlarni tesha olmaydi. Hozirgi paytda minalarga bardoshli poyafzallar, kema va samolyotsozlikda kevlardan foydalanilmoqda. Kosmik sanoatning ko‘p jihozlari kevlardan tayyorlanmoqda.
Behisob mashina-mexanizmlarni, EHMlar, samolyot va kemalarni ko‘rasiz. Ular tirik organizmlardan andoza olib yaratilgangan
Talay kemiruvchi hayvonlarning er qazuvchi a’zolari ishlagani sayin o‘tkirlashib boradi. Ishqalanish va emirilish esa o‘z-o‘zidan himoya qilinadi. Kemirish a’zolari hayvonlarning yashash sharoitiga ko‘ra turlicha – ponasimon, belkuraksimon, yuqoriga qayrilgan shaklda bo‘ladi. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, bu turdagi kemiruvchilarning ish unumdorligi eng zamonaviy ekskavatorlarnikidan 30-40 marta ortiq bo‘lar ekan.