Qushlar-2
1.Qaysi xonaki parandani Moskva,Ukraina va Pekin zotlari ko’paytiriladi?
A.g’oz B.kurka C.o’rdak D.tovuq
2.Pat o’zagidan …. tartib o’siqchlar chiqadi?
A.birinchi B.ikkinchi
C.birinchi va ikkinchi D.uchunchi
3.Toj suyagi bo’lmaydigan qushni aniqlang?
A.emu B.kaptar C.zog’cha D.chumchuq
4.Bulbul qaysi turkumga mansub?
A.tuvaloqlar B.chumchiqsimonlar
C.kaptarsimonlar D.go’zsimonlar
5.G’ongqarg’a,zog’cha,qorayaloq qaysi qushlar guruhiga mansub?
A.o’troq B.uchib o’tuvchi
C.uchib ketuvchi D.ko’chib yuruvchi
6.Qaysi qushlarning jo’jasi zaif bo’lib,tanasi yalang’och holda tuhumdan chiqadi?
A.tirtqich qushlar B.g’ozsimonlar
C.suv qushlari D.pingvinlar
7.Toviqsimon qushlarni belgilang?
A.qirg’ovil,chittak B.qur,karqur
C.qizilishton,bulbul D.kaptar,musicha
8.Qushlarning havo haltachalari nafas olishdan tashqari yana qanday vazifani bajaradi?
A.qon aylanishni yahshilab turadi
B.tana haroratni yuqori bo’lishini ta’minlash
C.tanasi qizib ketishdan saqlab,sovitib turadi
D.buyrak faoliyatini tezlashtirish
9.Qushlarning oyoq kamari umurtqa pog’anasining qaysi bo’limlari bilan qo’shilib o’sadi?
1.ko’krak 2.bel 3.bo’yin 4.dumg’aza 5.dum umurtqalarining barchasi 6.2va 3-dum umurtqalari 7.oldingi dum umurtqalari 8.ko’krak umurtqasining oxirgi qismi
A.1,2,3 B.3,4,5 C.6,7,5 D.2,4,7
10.Qushlar bosh miyasining qaysi bo’limida burmalar ko’p bo’ladi?
A.miyacha B.oraliq miya
C.o’rta miya D.uzunchiq miya
11.Qushlarning tana haroratini aniqlang?
A.37-38oC B.38-39oC C.42-44,5oC D.48oC
12.Qushlarning qaysi harakati tug’ma instinkt hisoblanadi?
A.urchish.uya qurish B.tuhum bosish
C.bola ochish D.barchasi
13.Quyidagi belgilarning qaysi biri tasqara uchun tegishli?
1.baqalar,kemiruvchilar,har xil hasharotlar bilan oziqlandi 2.hayvonlarning murdasi bilan oziqlandi 3.tirnoqlari kuchli rivojlangan
4.tirik hayvonlarga hujum qila olmaydi 5.uchganda ayri dumi ko’rinib turadi 6.tirnoqlari kuchsiz rivojlangan 7.havoda baland uchib,o’lja axtardi 8.yerda beso’naqay qadam tashlaydi
9.og’irligi 6-12kg 10.mart oylarida uchib keladi
11.bosh va bo’yinidagi patlari juda siyrak
12.daraxtlarning shoxiga in quradi 13.keng va uzun qanotlaridagi oqish patlari panjasimon yoziladi 14.mayda qushlarni ham tutib yeydi
15.o’lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi
16.u havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi
A.2,4,6,7,8,10,11,12,15 B.1,5,7,10,12,13,16
C.2,4,6,7,8,9,11,13,15,16 D.1,5,7,10,12,14
14.Nima hisobiga qushlarning patlari yog’lanib turadi?
A.teridagi bezlar hisobiga
B.quymich bezi hisobiga
C.teridagi yog’ bezlari hisobiga
D.yog’lanib turmaydi
15.Arxeopteriksning nechta barmog’i oldingi(1) va nechtasi orqaga(2) qaragan bo’ladi?
A.1-bitta ; 2-uchta B.1-ikkita ; 2-ikkita
C.1-uchta ; 2-bitta D.1-ikkita ; 2-bitta
16.Qaysi qush suv qushlariga mansub emas?
A.oqqush B.g’oz C.pingvin D.laylak
17.Mart oylarida bizga uchib keluvchi(1) va uchib ketuvchi(2) qushni aniqlang?
A.1-qora kalxat ; 2-go’ngqarg’a
B.1-qaldirg’och ; 2-kaklik
C.1-tasqara ; 2-zog’cha
D.1-go’ngqarg’a ; 2-kalxat
18.Qaysi tovuq zotlari faqat broyler olish uchun boqiladi?
1.rus oq tovug’i 2.Zagorsk 3.Kornuel 4.Lekgorn
5.Nyugempshir 6.Plimutrok 7.Pervomaysk
A.1,4 B.2,5,7 C.3,6 D.1,2,3,4
19.Qushlarning qaysi hazm organida oziq yumshaydi?
A.qizilo’ngach B.muskulli oshqozon
C.bezli oshqozon D.ichak
20.Faqat qushlar uchun xos suyak?
A.panja B.ilik C.barmoq D.chanoq
21.Noyob qush sifatida qizil kitobga kiritilgan qushni aniqlang?
A.nandu B.pingvin C.tuvaloq D.g’oz
22.Qaysi qushning oyoqlari tanasining keyingi qismiga birikkan?
A.tuyaqush B.g’oz C.pingvin D.o’rdak
23.Gaaga qushlarning qaysi turkumiga mansub?
A.tuvaloqlar B.chumchiqsimonlar
C.kaptarsimonlar D.go’zsimonlar
24.Yirtqich qushlarning jufti….
A.bir mavsum saqlanadi
B.ko’payish davrida saqlanadi
C.vaqtinchalik saqlanadi
D.bir umrga saqlanadi
25.Qaysi parranda bundan 3000 yil oldin xonakillashtirilgan?
A.g’oz B.kurka C.o’rdak D.tovuq
26.Qushlar daraxtga shoxlariga qo’nganda barmoqlar siqilib,shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bo’g’liq?
A.oyoq muskillarining qisqarishiga
B.oyoqdagi paylarning tortilishiga
C.barmoq muskullarining qisqarishiga
D.son muskullarining qisqarishiga
27.Jo’ja ochadigan qushlar guruhiga mansub bo’lmagan qushni aniqlang?
A.bedana B.qirg’ovul C.chumchuq D.g’oz
28.Arxeopteriksning umurtqa pog’anasining qaysi bo’limi 20 ta umurtqadan iborat?
A.bel B.ko’krak C.bo’yin D.dum
29.Qaldirg’ochlar qayerda qishlaydi?
A.Afrika va Hindiston
B.Shimoliy Hindiston
C.Janubiy-Sharqiy tropik Afrika
D.tropik Afrika
30.Qaysi qushlarning oyoqlari va bo’yni uzun bo’ladi?
A.cho’l qushlari B.suv qushlari
C.sohil qushlari D.A,C
31.Emu qayerda tarqalgan?
A.Amerika B.Afrika C.Avstraliya D.Hindiston
32.Laylaklarning uzun oyoqlari-….
A.sayoz suvda chaqqon harakatlanishiga yordam beradi
B.balchiqda chaqqon harakatlanishga imkon beradi
C.suv havzasining ichkarirog’iga kirib borishga yordam beradi
D.dushmandan qochishga imkon beradi
33. Yovvoyi o’rdak qayerda qishlashini aniqlang.
1.Janubiy Osiyo 2.Yevropa 3.Markaziy va janubiy Afrika 4.Markaziy Amerika 5.Shimoliy Afrika 6.Janubiy-Sharqiy Osiyo 7.O’lkamizning janubi 8.O’rta Osiyo
A.1,4,5,7 B.2,5,6,8 C.1,3,4 D.1,2,3,4
34.Qushlarning qaysi organlar yo’li kloakasiga ochiladi?
A.ichak,oshqozon,jinsiy bezlar
B.ichak,jinsiy bezlar,siydik
C.siydik,o’t,jinsiy bezlar
D.siydik,ichak,oshqozon
35.Qushlarning patlarni ularning vazifasi bilan birga juftlab ko’rsating?
1.qoqish 2.boshqarish 3.qoplag’ich 4.parlar
a.uchganda gavdasini yo’naltiriladi
b.tanasi yuzasini qoplab turadi
c.tanada issiqlikni saqlaydi
d.ko’tarish yuzasini hosil qiladi
A.1-d ; 2-a ; 3-c ; 4-b B.1-d ; 2-a ; 3-b ; 4-c
C.1-c ; 2-b ; 3-d ; 4-a D.1-b ; 2-c ; 3-d ; 4-a
36.Qushlarning qanot kamari qanday suyaklardan iborat?
A.ko’krak tirgak,kurak,o’mrov
B.ko’krak tirgak,tirsak,bilak
C.ko’krak tirgak,kurak,yelka
D.yelka,bilak,tirsak,panja
Do'stlaringiz bilan baham: |