Operatsion sistema funksiyalari Agar operatsion sistema (OS) tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo`linadi. Fizik resurslar bu:
- xotira;
- vinchester;
- monitor;
- tashqi qurilmalar va shu kabilar .
Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
- kompyuter ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
- berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
- drayverlar;
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.