Bog'liq PROFESSIONAL MOBIL RADIO ALOQA TIZIMI TUShUNChASI
Analogli tizimlardan raqamli tizmga o’tish va analogli tizmlar bilan moslashuvchanligi Analog tizimlardan samarali foydalanib kelayotgan tashkilotlar so’ngi vaqtlarda o’zlarining tizimlaridagi o’zgarishlarga ehtiyotkorlik bilan kurashmoqda. Alohida xizmat turlaridan voz kechish va kam tanish bo’lgan muammolarga duch kelish hafidan hadiksirash foydalanuvchilardan o’z tizimlarini modernizatsiya qilishi boshlashdan tiyilib turishni talab etmoqda.
DMR analogi tizimidan raqamli tizmga o’tishning eng optimal yechimi bo’lishi kerak. DMR standarti modulyatsiya jihatdan va og’ishi shakliha ko’ra analog signallarniki bilan bir xil signaldan foydalanadi (doiniy og’ish, chastotali modulyatsiya, chastota qadami kengligi 12,5 kg t). Shunday qilib DMR terminlari ikkala rejimda ishlash xususiyatiga ega bo’lganligi sababli oson o’zlashtirilmoqda.
Foydalanuvchi DMR standarti qurilmalardan mavjud analog tizimdan ham foydalana oladi, buning uchun standartning qurilmasini analog tizimda ishga tushursa yetarli. DMR protokolida ishlaydigan qurlmalar uchun mavjud analog tizm terminlaridan foydalanilsa hech qanday muammolar paydo bo’lmaydi. Raqamli rejmda qandaydir bir muammo paydo bo’lsa qurilmalarni o’chirmasdan analogli rejimga o’tib ishlasa bo’ladi. Birov avvaldan analogli qurilmalardan foydalanib kelgan foydalanuvchi yangi raqamli qurilmadan foydalanishda biroz qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Yangi tizimni analog rejimida ko’rikdan o’tkazgandan so’ng foydalanuvchi bosqichma-bosqich raqamli rejimga o’tishi mumkin/ Bunda infrastruktura qurilmalari har ikki rejimda ishlay oladi. DMR satndartini kiritilishi analog va raqamli terminlardan aralash foydalangan taqdirda ham yangi imkoniyatlarni yaratveradi.
TETRA standartiga o’tish esa umuman boshqacha yondashuvni talab qiladi.TETRA standartida analog va raqamli tizimlarning uyg;unlikda faoliyat yurutishi nazarda tutilmagan va mavjud analog tizm uchun harakterli bo’lgan radioqamrov hududini kengaytirish uchun qo’shimcha saytlarni tashkillashtirish shart.TETRA standartiga o’tish bazaviy infrastruktura va abonent qurilmalari uchun ham inqilobiydir. Yangi tizmni sozlash bir qator kam o’rganilgan va kutilmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. TETRA ga o’tish hamma qurilmalar bir vaqtda almashtirilishi shart.
Bundan kelib chiqadiki, raqamli tizimga o’tishning optimal varianti mavjud o’zlashtirilgan chastotalardan vos kechmasdan ular asosida yangi raqamli tizimga o’tishni nazarda tutadi. DMR qurilmalari barcha amalda foydalanilayotgan chastotalar diapazonida ishlasa TETRA qurilmalari faqat UHF chastota diapazonida ishlaydi.