MAVZUNING DOLZARBLIGI - Mamlakatimizda mustaqillik yillaridagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshladi.Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar qilinmoqda. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o‘rtog‘larini tushunishi, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘lik bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarini egallashga tayyorgarligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea- hodisani mustaqil ravishda tahlil etish va harakat qilish hamda maktabga chiqadigan bolada barcha bilish jarayonlarini jadal rivojlantirish muhimroq hisoblanadi.
MAVZUNING DOLZARBLIGI - Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
- Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan, diqqatning ixtiyorsiz turi ko‘proq rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshidagi faoliyatlarning va xususan didaktik mehnat mashg‘ulotlarining sistemali tarzda ortib borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli rivojlantiruvchi o‘yin va mashqlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat qilish kerak.
6-7 YOSHLI BOLALARDA DIQQAT XUSUSIYATLARINING RIVOJLANISHI - Diqqat – Inson organizmining ma’lum ob’ektlarga (boshqalaridan ayirgan tarzda) yo‘naltirilishi va to‘planishidir. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir.
- Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqat asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda muhim ahamiyatga ega.Turli xil qiziqarli o‘yinlar, ta’lim faoliyatlari, didaktik o‘yinlar orqali bolalarda diqqatning turli xususiyatlari rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |