Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
166 | P a g e
talablari buzilishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risida ma'lumot;
tekshiruv o‘tkazish muddati;
tekshiruv predmeti;
tekshiriladigan faoliyat davri.
Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun soliq organining ikki yoki undan ortiq
mansabdor shaxslari jalb etilgan taqdirda, buyruqda bir nafar xodim tekshirishda
vazifalarni taqsimlash bo‘yicha guruh rahbari etib belgilanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning
to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda – elektron shakli to‘ldirilmaganligi
sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda – uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida
tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs “Tekshiruvlarni ro‘yxatga
olish kitobi”ni to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, soliq to‘lovchi o‘zining sayyor
soliq tekshiruvidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.
O‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv
tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish
yagona tizimiga kiritiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
Mazkur norma asosida tadbirkorlik sub'ektida tekshirishdagi ish hajmini oldindan
tahlil qilinib, sayyor soliq tekshiruvi buyrug‘ida bir ish kunidan o‘n ish kunigacha
tekshirish muddati belgilanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi Soliq kodeksining
145 va 148-moddalarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining binolari va
hududlarni ko‘zdan kechirishga hamda hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishga haqli.
Bunda, ushbu tadbirlar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Soliq organlarining xodimlari xolislar sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq organlari mansabdor shaxslari soliq tekshiruvi boshlanguniga qadar (nazorat
kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirishda – tekshiruv
jarayonida) soliq to‘lovchini yoki uning vakilini sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish
to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtiradi va buyruq nusxasini uni olganligini
tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda taqdim etadi.
Soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchini yoki uning vakili
tekshiruv maqsadi bilan tanishtiriladi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshiruv
o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasi ko‘rsatiladi.