AMALIYOT
Bugun o'rgangan narsalaringizni matnga yozing va matnni Python yordamida oching
Quyidagi pi_million_digits.txt faylini yuklab oling (faylda ππ soni nuqtadan so'ng million xona aniqlik bilan yozilgan).
Sizning tug'ilgan kuningiz ππ soni tarkibida uchraydimi yoki yo'q ekanligini aniqlovchi funksiya yozing. Misol uchun, tug'ilgan sanangiz 25 Fevral, 2000-yil bo'lsa, 25022000 ketma-ketligi yuqoridagi matnda uchraydimi yo'q toping.
Fayl ichidagi matnni float ma'lumot turiga o'tkazing va pickle yordamida yangi faylga saqlang.
Foydalanuvchidan turli hil ma'lumotlarni so'rab, har bir kiritilgan ma'lumotni yangi qatordan faylga yozib boruvchi dastur tuzing. Dastur qayta chaqirilganida yangi ma'lumotlar fayl oxiridan qo'shilib borsin (yangi faylga emas).
JAVOBLAR
In [ ]:
with open('amaliyot/pi_million_digits.txt') as file:
pi = file.read()
pi = pi.rstrip() # qator ohiridagi bo'shliqlarni olib tashlaymiz
pi = pi.replace('\n','') # qator tashlash belgisini almashtiramiz
pi = pi.replace(' ','')
# Tug'ilgan kunim pi da bormi?
bdate = '31122000'
print(bdate in pi)
pi = float(pi) # matnni float (o'nlik) songa o'tkazamiz
with open('amaliyot/pi_float.dat','wb') as file:
pickle.dump(pi,file)
In [ ]:
while True:
book = input("Yaxshi koʻrgan kitobingizni kiriting (to'xtash uchun Enter bosing): ")
if not book: break
with open('books.txt','a') as file:
file.write(book+'\n')
34-DARS. JSON
Internetdagi eng mashxur format bilan tanishamiz
JSON NIMA?
JSON (JavaScript Object Notation) bugungi kunda ma'lumotlarni saqlash va internet orqali uzatish uchun qo'llaniladigan eng mashxur format hisoblanadi. Dastavval JavaScript tili uchun yaratilgan bu format, bugungi kunda deyarli barcha dasturlash tillari tomonidan ishlatiladi. Qolaversa, JSON formatidagi fayllarining tarkibini oddiy matn muharriri yordamida koʻrish va tahrirlash mumkin.
Aksar holatlarda dastur va server orasidagi maʻlumotlar aynan JSON koʻrinishida uzatiladi. Quyidagi rasmda Wikipedia sahifasidan olingan maʻlumot ham JSON formatida berilgan:
Yuqoridagi misolda maʻlumotlar Pythondagi lug'atlar kabi kalit soʻz va qiymat koʻrinishida saqlangan. Lekin, JSON yordamida biz nafaqat lug'at, balki boshqa turdagi ma'lumotlarni ham saqlashimiz mumkin. Bunda Pythondagi ma'lumot turlari, quyidagi jadval asosida, JavaScript ma'lumot turlariga konvertasiya qilinadi:
Demak, dasturimiz davomida maʻlumotlarni JSON ko'rinishida saqlashimiz, internet orqali boshqa foydalanuvchilarga, dasturlarga yoki serverga yuborishimiz, JSON fayllarni Pythonda ochib, unga ishlov berishimiz va turli amallar bajarishimiz mumkin.
JSON o'zgaruvchilar, tarkibidan qat'iy nazar matn ko'rinishida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |