Print("Assalom alaykum")


Yuqoridagi misollarni o'zingiz ishlashga harakat qiling, so'ngra quyidagi javoblar bilan solishtiring



Download 10,21 Mb.
bet3/58
Sana28.06.2022
Hajmi10,21 Mb.
#713027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Mohirdev.uz...

Yuqoridagi misollarni o'zingiz ishlashga harakat qiling, so'ngra quyidagi javoblar bilan solishtiring.
In [25]:
print("\"Nexia\", \"Tico\", 'Damas' ko'rganlar qilar havas")
"Nexia", "Tico", 'Damas' ko'rganlar qilar havas
In [26]:
#1 5 ning 4-darajasi
print('5 ning 4-darajasi', 5**4)
5 ning 4-darajasi 625
In [27]:
#2 22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq qoladi?
print("22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq", 22%4)
22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq 2
In [28]:
#3 Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi va perimetrini toping
print("Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi", 125*125, "ga, perimetri", 4*125, "teng")
Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi 15625 ga, perimetri 500 teng
In [29]:
#4 Diametri 12 ga teng bo'lgan doiraning yuzini toping
print('Diametri 12 ga teng bo\'lgan doiraning yuzi', 3.14*(12/2)**2, 'ga teng')
Diametri 12 ga teng bo'lgan doiraning yuzi 113.04 ga teng
In [30]:
#5 Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini toping
print("Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi", (6**2+7**2)**(1/2))
Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 9.219544457292887
Quyidagi kodga tegmang.
Texnik sozlamalar uchun ishlatiladi!
In [36]:
%%capture
jovian.commit(project="03-python")
04-DARS. O'ZGARUVCHILAR

Pythonda o'zgaruvchilar bilan ishlashni o'rganamiz


O'ZGARUVCHI (VARIABLE)
O'zgaruvchi — kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yaratdik (ism va yosh) va ularga qiymatlar yukladik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):
In [ ]:
ism = "Abdulloh"
yosh = 25
print(ism)
print(yosh)
Abdulloh 25
O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:
In [ ]:
ism = "Abdulloh"
print(ism)
ism="Muhammad"
print(ism)
Abdulloh Muhammad
Yuqoridagi misolda ism nomli o'zgaruvchiga avval Abdulloh keyin esa Muhammad qiymatlarini berdik.
O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH
O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak

  • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin

  • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi)

Qo'shimcha qoida sifatida:

  • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.

  • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev")

  • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)

  • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Marhamat, ekraningizda Pythondagi maxsus kalit so'zlar ro'yhatini ko'ryapsiz:

In [ ]:
help()
Welcome to Python 3.8's help utility! If this is your first time using Python, you should definitely check out the tutorial on the Internet at https://docs.python.org/3.8/tutorial/. Enter the name of any module, keyword, or topic to get help on writing Python programs and using Python modules. To quit this help utility and return to the interpreter, just type "quit". To get a list of available modules, keywords, symbols, or topics, type "modules", "keywords", "symbols", or "topics". Each module also comes with a one-line summary of what it does; to list the modules whose name or summary contain a given string such as "spam", type "modules spam". help> keywords Here is a list of the Python keywords. Enter any keyword to get more help. False class from or None continue global pass True def if raise and del import return as elif in try assert else is while async except lambda with await finally nonlocal yield break for not help> quit You are now leaving help and returning to the Python interpreter. If you want to ask for help on a particular object directly from the interpreter, you can type "help(object)". Executing "help('string')" has the same effect as typing a particular string at the help> prompt.
AMALIYOT
Quyidagi mashqlarni bajaring:

  • "Hello World!" matnini yangi o'zgaruvchiga yuklang va print() yordamida konsolga chiqaring

  • xabar deb nomlangan o'zgaruvchiga biror matn yuklang va konsolga chiqaring, keyin esa o'zgaruvchiga yangi qiymat berib uni ham konsolga chiqaring.

  • class den nomlangan o'zgaruvchi yarating, unga biror qiymat bering va konsolga chiqaring (siz kutgan natija chiqdimi?) Quyidagi kodni bajaring:

Quyidagi kodni bajaring (Shift+Enter tugmasini bosing):
In [ ]:
radius = 5
pi = 3.14159
aylana_yuzi = pi * radius**2
print("Radiusi" , radius, "ga teng aylananing yuzi=", aylana_yuzi)
JAVOBLAR
In [1]:
# "Hello World!" matnini yangi o'zgaruvchiga yuklang va print() yordamida konsolga chiqaring
matn = "Hello World!"
print(matn)
Hello World!
In [2]:
# xabar deb nomlangan o'zgaruvchiga biror matn yuklang va konsolga chiqaring, keyin esa o'zgaruvchiga yangi qiymat berib uni ham konsolga chiqaring.
xabar = "Assalom alaykum"
print(xabar)
Assalom alaykum
In [3]:
# class den nomlangan o'zgaruvchi yarating, unga biror qiymat bering va konsolga chiqaring (siz kutgan natija chiqdimi?)
# O'zgaruvchini class deb nomlash mumkin emas, sababi class bu maxsus kalit so'z.
class = 5
print(class)
File "", line 3 class = 5 ^ SyntaxError: invalid syntax
In [4]:
#Quyidagi kodni bajaring
radius = 5
pi = 3.14159
aylana_yuzi = pi * radius**2
print("Radiusi" , radius, "ga teng aylananing yuzi=", aylana_yuzi)
Radiusi 5 ga teng aylananing yuzi= 78.53975





05-DARS. STRING (MATN)


STRING ma'lumot turi va uning ustida amallar

STRING VA UNICODE


STRING (matn) — Pythondagi eng mashxur ma'lumot turlaridan biri. Avvalgi darsda ko'rganimizdek, o'zgaruvchiga matn yuklash uchun matn qo'shtirnoq (" ") yoki birtirnoq (' ') ichida yozilishi kerak.
In [11]:
shahar = "Қўқон"
viloyat = 'Фарғона'
Pythonda matnlar Unicode jadvalidagi istalgan belgilaridan iborat bo'lishi mumkin (jumladan o'zbek, arab, hind, xitoy alifbosidagi harflar yoki turli emoji-smayliklar).
In [3]:
matn = "Men yangi 📱 oldim"
print(matn)
Men yangi 📱 oldim



Download 10,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish