«print media texnologiyasida sifatni nazorat qilish»


Standartlashtirishning rivojlanishi tarixidan ma’lumotlar



Download 480,84 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2022
Hajmi480,84 Kb.
#433751
1   2   3   4   5
Bog'liq
Karshiyeva Firuza mustaqil ish Kamalovada

Standartlashtirishning rivojlanishi tarixidan ma’lumotlar
Standartlashtirishning rivojlanish tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Noqulay iqlim sharoitlarida qadimgi odamlar yashash uchun kurashda hayvonlarni ov qilishga majbur bo‘lganlar. Hayvonlardan ovqat va kiyim uchun teri olingan. Yirtqichlardan himoyalanish usullari izlangan. Amaliy faoliyatda sinovdan o‘tgan ov uslub va usullari insonlar orasida avloddan-avlodga «og‘zaki standartlar» ko‘rinishida o‘tgan. Bunda ov uslub va usullari avloddan-avlodga o‘tishi davomida doimiy takomillashib borgan. Bu aytilganlar, tabiiyki, inson faoliyatining boshqa sohalariga ham tegishli: insonning noqulay ob-havodan himoyalanishi, teridan kiyim tikish, toshdan otiladigan qurol yoki bolta tayyorlash kabi tabiiy ehtiyojlari oshib bordi.
Standartlashtirish bo‘yicha ishlar qadimgi Misrda amalga oshirila boshlangan va ular qurilishga taalluqli bo‘lgan. Turli inshootlarni qurishda bir xil o‘lchamli tarkibli detallardan foydalanilgan. Bu detallarning o‘lchamini nazorat qilish uchun mansabdor shaxslar shtati ko‘zda tutilgan. Qadimgi rimliklar doimiy o‘lchamga ega bir turdagi detallardan foydalanish tamoyilidan vodoprovod qurishda foydalanganlar.
Turli kasb-hunarlarning rivojlanishi bilan o‘rta asrlarda standartlashtirishning qo‘llanish sohasi kengayib bordi. Birinchi navbatda uning joriy qilinishi istiqbolli rivojlanayotgan sohalarga taalluqli bo‘ldi. To‘quvchilik sanoatida mato enining yagona o‘lchamlari, ularning asos iplari soni va boshqalar belgilandi. 1785 yil muxandis Leblan tomonidan qurol sanoatida o‘zaro almashtiriladigan detallarning qo‘llanilishi yili bo‘ldi.
Standartlashtirish elementlari O‘zbekiston hududida me’moriy obidalarni yaratishda ham qo‘llanilgan. Standartlashtirilgan g‘ishtdan foydalanish bilan bir qatorda biryuzali va mozaikali plitalarda, tarrakota bloklaridan, bir necha standart o‘lcham va ranglardagi buyumlardan foydalanilgan. Xalq ustalarining mohir qo‘llarida standart elementlar yanada jonlandi va bugungi kundagi Samarqanddagi Guri Amir maqbarasi va Bibi Xonim masjidi, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi va Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi Paxlavon Maxmud mavzoley iva Tosh Xovli saroyi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi o‘zining betakror go‘zalligi Bilan kishilarni hayratga soladi.
O‘lchovlar sohasidagi standartlashtirish insoniyatning yuksak ilmiy-texnikaviy yutug‘i hisoblanadi. Inson o‘zining butun rivojlanish tarixida judi xilma-xil o‘lchov birliklarini yaratdi. O‘rta asrlarda deyarli har bir shaharning o‘z o‘lchov birliklari mavjud edi, katta er egalari o‘zlarining o‘lchov birliklarini belgilar edilar. Natijada XIX va XX asrlar orasida futning yuzdan ortiq, milyaning qirqdan ortiq, funtning bir yuz yigirma xil turi mavjud edi.
O‘zbekistonda quyidagi massa o‘lchov birliklari qo‘llanilgan: qadoq (taxminan 400g), chaksa (6kg), pud (16kg), botmon (10pud), daxsar (11pud), uzunlik o‘lchovlari: ellik (qo‘l barmog‘ining qalinligi – taxminan 2sm), qarich (tarang ochilgan qo‘l panjasida bosh barmoq va jimjiloq uchlari orasidagi masofa – taxminan 23sm), chaqirim (bir km dan kichikroq), tosh (chaqirim bilan bir xil).
XIX asrning ikkinchi yarmidan standartlarshtirish bo‘yicha ishlar deyarli barcha sanoat korxonalarida amalga oshirilgan. Lekin bu standartlashtirish ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichki ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan. Keyinchalik ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi barobarida milliy yoki xatto xalqaro standartlashtirish zarurati yuzaga keldi.
1891 yil Angliyada, keyin boshqa davlatlarda Vitvortning standart rezbasi (hozirgacha vodoprovod xo‘jaligida ishlatilayotgan dyuymli rezba) kiritildi.
1846 yil Germaniyada temir yo‘l elementlari va vagonlarning zanjirli qurilmalari birxillashtirildi.
1870 yili Evropaning bir qator davlatlarida g‘ishtlarning standart o‘lchamlari bezlilandi.
XVIII asrning oxirida fransuz olimlari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan metrik o‘lchov tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Xalqaro o‘lchov birliklarini qo‘llash maqsadida 1875 yili 17 davlat, shu jumladan Rossiya tomonidan Metrik konvensiya imzolandi.
Bular birinchi qadam bo‘lishiga qaramasdan, milliy va xalqaro standartlashtirishning birinchi natijalari ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun katta amaliy ahamiyat kasb etdi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshida texnika, ishlab chiqarishning rivojlanishida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. SHunga bog‘liq holda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tashkiliy milliy standartlashtirish rasmiylashtirila boshlandi, ko‘pchilik hollarda bu ish standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlarning yaratilishi Bilan yakunlandi. Angliyada bunday qo‘mita 1901 yili yaratildi. Evropaning boshqa davlatlarida standartlashtirish qo‘mitalarini yaratish Birinchi jahon urushidan keyin tugallandi, bunga katta miqdorda qurol ishlab chiqarilishi turtki bo‘ldi.
Biroq, turli milliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlar, kichik istisnolardan tashqari, majburiy emas edi, hozirda ham ular tavsiyaviy hisoblanadi.
Xalqaro ko‘lamda mahsulot ayirboshlashning doimiy kengayishi hamda ilm va texnika sohasida yanadi izchil hamkorlik qilish zarurati standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro assotsiatsiyasining (SXA) tashkil qilinishiga olib keldi.
1946 yili Kanadada standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) ga asos solindi, uning tarkibiga 33 davlat kirdi. Ta’kidlash jiozki, ISO dan tashqari standartlashtirish bo‘yicha boshqa xalqaro va xududiy tashkilotlar mavjud.
Rossiyada standartlashtirish bo‘yicha birinchi ma’lumotlar 1555 yilga taalluqli. I.Grozniy davrida yadroning doimiy o‘lchami maxsus qaror Bilan belgilandi va bu o‘lchamlarni tekshirish uchun kalibrlar kiritildi.
Petr I davrida Rossiya Imperiyasi qonunlarida qir qator ko‘rsatmalar mavjud bo‘lib, ular XVII-XVIII asrlarda harbiy texnika buyumlarining ko‘pchiligini hozirgi standartlarning prototipi bo‘lgan aniq namunalar bo‘yicha tayyorlash kerak bo‘lganligidan dalolat beradi.
Birinchi rus standartlari XX asrning boshida paydo bo‘ldi. 1904 yilda temiryo‘l tansportida qo‘llaniladigan vagon va boshqa buyumlarga taalluqli standartlar belgilangan.
1960 yili o‘lchov va og‘irliklar bo‘yicha Bosh konferensiya Xalqaro birliklar tizimi (SI) ni qabul qildi.

Download 480,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish