«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
223
foydalanish ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida (mustaqil ishlash, o‘zini o‘qitish,
o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zfaolligini oshirish, o‘zi mustaqil qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantiradi Psixologik tadqiqotlarda AKT ta’lim oluvchilarni
nazariy, ijodiy va moduli-refleksli fikrlashlariga ta’sir ko‘rsatadi, negaki o‘quv
axborotlarini kompyuterda viziuallashuvi tasavvur etishni shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi, obrazli fikrlashda markaziy o‘rin egallashi, obrazli tasavvurlash yoki
boshqa xil namoyon bo‘lishlar va ta’lim oluvchining xotiraga olish jarayoni o‘quv
materialini qabul qilishni osonlashtiradi va rivojlantiradi. Dasturiy-pedagogik
vositalar shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar
quyidagi asosiy tamoyillarga mos keladi: insonparvarlik, ya’ni insonga har
tomonlama hurmat va muxabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy
qobiliyatiga ishonch bilan qarash;- hamkorlik, ya’ni pedagog va taxsil oluvchilar
munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;- erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga
uning xayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va
mustaqilligini berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki xissiyotlardan keltirib
chiqarish. Dasturiy-pedagogik vositalar munosabatlarni demokratlashtirishda
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: taxsil oluvchi va ta’lim beruvchining xuquqlarini
tenglashtirish; taxsil oluvchini erkin tanlab olish xuquqi; xatoga yo‘l qo‘yish xuquqi;
o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish xuquqi;-taxsil oluvchi va ta’lim beruvchi munosabati
zayli: ta’qiqlamaslik, boshqarish emas - birgalikda boshqarish, majburlash emas -
ishontirish, buyurish emas - tashkil etish, chegaralash emas - erkin tanlab olishga
imkon berish .Hozirgi vaqtda o‘qitishda turli dasturiy-pedagogik vositalardan
foydalanilmoqda. Bu dasturiy-pedagogik vositalar shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib,
o‘quvchiga qulay tarzda yaratilgan, ya’ni Dasturiy-pedagogik vositalarning dizayni,
masalalarni tushunmagan joyida orqaga qaytish imkoniyatlari, o‘ziga qulay bo‘lgan
vaqtda ishlash imkoniyatlari uning fanni tez o‘zlashtirishiga olib keladi. Yuqorida
aytilganlarni barchasi talabani o‘ziga bulgan ishonchini oshiradi. Bu yerda o‘quvchi
va o‘qituvchi o‘rtasida teng xuquqlik prinsiplari qo‘llanilgan. Talaba o‘qituvchi
yordamiga extiyoj sezsa, darhol o‘qituvchi bilan uchrashishi, muammoni hal etishi
va masalaxatlar olishi mumkin. Shuningdek, nazoratlarni kompyuterda bajarishi
bilan o‘qituvchi o‘rtasidatenglik va demokratizm vujudga keladi. Talaba
kompyuterda ishlash davrida o‘zini erkin tutadi, har xil xis-xayojonlarga berilmaydi,
o‘qituvchi yordamiga kamroq extiyoj sezadi, o‘zini test savollari orqali tekshirib
ko‘radi, ya’ni o‘z-o‘zini baholaydi. O‘quvchini hech kim o‘qishga majburlamaydi,
o‘zi ixtiyoriyravishda kompyuterda ishlashga o‘tadi, ya’ni o‘z-o‘zini baholab
o‘zidagi “men”ni yo‘qotadi. Auditoriyalarda kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan
o‘qitish metodikasi ham almasha boshladi, o‘quv faoliyatini loyihalash va
tadqiqotchilik shakli, ta’limning individuallashuvi qo‘llanila boshlandi. Darsi
jarayonida kompyuterni qo‘llanilishi o‘qituvchiga darsni takomillashtirishi uchun
keng imkoniyatlar yaratmoqda. O‘quv-imitatsiya dasturlaridan foydalanishda,
o‘qituvchi o‘quvmaterialini ko‘rgazmali namoyish etishi, modellarni har tomondan
ko‘rsatishi mumkin. Dasturiy-pedagogik vositalardan qanday didaktik maqsadlarda
foydalanish mumkinligini va animatsiya kompyuter modellashtirish muhiti nima
Do'stlaringiz bilan baham: |