Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Mashhur sportchilar bilan maktab oʻquvchilari
ning uchrashuvlarini tashkil etish” loyihasi doirasida maktab oʻquvchilari hamda mahalla yoshlarining sportga boʻlgan qiziqishini yana-da kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida yuqori natijaga erishgan sportchilar hududlardagi barcha tuman (shahar) maktablariga taklif etildi.
Yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida mahallalarda 561 dan ziyod davra suhbatlari va uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlar davomida faxriy sportchilar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda mahorat saboqlari, mahorat darslarini ham oʻtkazishdi.
Yoshlarni sportga keng jalb etish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tuman va shaharlarda shtablar tashkil etildi.
Umumtaʼlim maktablarining sport inshootlarida oʻqituvchilar tomonidan 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida olib boriladigan darsdan tashqari, sport toʻgaraklaridan soʻng kech soat 16:00 dan - 21:00ga qadar, shuningdek, dam olish kunlari esa ertalabdan kechga qadar 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar va mahalla aholisi mazkur sport inshootlarida shugʻullanmoqda.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlarning oldini olishga, shuningdek aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan “Hokim kubogi” aksiyalari, “Yoshlar marafoni”, shuningdek har haftada “Haftalik sport musobaqalari” kabi tadbirlarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunga qadar respublika boʻyicha jami 11 648 ta ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilib, unda 1,3 mln.dan ziyod aholining, shundan 400 mingga yaqin ayollarning ishtiroki taʼminlandi.
Shuningdek, respublikamizning barcha hududlarida uyushmagan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport tadbirlari ham muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning shu davriga qadar respublika boʻyicha voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan 7 012 taommaviy sport tadbirlarida 703 894 nafar (shundan 272 319 nafar qizlar)
ishtirok etdi.
Oilaviy sport musobaqalari ham muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, 815 ta oilaviy sport musobaqalarida 36 mingdan ziyod oila aʼzolari (shundan 16 mingdan ortiq xotin-qizlar) ishtirok etdi.
Aholini, ayniqsa xotin-qizlarni jismoniy tarbiya
va sportga jalb etish maqsadida mahalla, qishloq, istirohat bogʻlar, korxona hamda muassasalarda ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari oʻtkazilmoqda. Ushbu badantarbiya mashqlarida respublika boʻyicha aholining 21 foizi (shundan 10,1 % ayollar) ishtirok etmoqda.
Bu kabi musobaqalar sport inshootlaridan samarali foydalanishga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, harakatli oʻyin turlarini ommalashtirishga hamda jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga zamin yaratadi.
Taʼkidlash joizki, loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019-yil 4-oktyabrdagi 22711-xh-son topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Raisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi majlis bayonidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |