Prezident Shavkat Mirziyoev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma'ruzalarida ta`limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari



Download 39,03 Kb.
bet11/19
Sana30.12.2021
Hajmi39,03 Kb.
#190929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1.1 modul 1

1.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma'ruzalarida ta`limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari.

O‘tgan yillarda ta'lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko‘maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda8. Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Oliy ta'lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti10.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, oxirgi yillarda o‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog‘lanmagan. 2018 yil 17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti huzurida ta'lim tizimi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo‘lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma'naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o‘rta ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o‘quvchi ta'lim olmoqda. Bu aholining 16 foizini tashkil etadi, o‘quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq so‘nggi 20 yilda asosiy e'tibor kollej va litseylarga qaratilib, umumta'lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit bir tizimga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz bo‘lgan.

Yig‘ilishda maktablarni moliyalashtirishga ikkinchi darajali masala sifatida qaralib, ushbu tizimga byudjet mablag‘lari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta'limi tizimi xodimlari yillar davomida o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan boshqa ishlarga muntazam jalb qilinib, tom ma'noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilindi.

Bu kabi holatlar maktablarda erkak o‘qituvchilarning kamayishiga ham sabab bo‘lib, hozirgi kunda maktablarda erkak o‘qituvchilar 30 foizni, Toshkent shahrida esa 10 foizni tashkil qilishi qayd etildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar o‘z ustida ishlab, bolalarni fanlarga qiziqishini oshirish o‘rniga, maktabning kam-ko‘stini yopish uchun o‘quvchilar ota-onalaridan pul yig‘ish, tinimsiz tekshirishga kelayotgan turli komissiyalarni «tinchitish» bilan ovora bo‘lib qolganligi, maktablarda davomat tushib ketishi, o‘quvchilarning ko‘cha-ko‘yda qarovsiz holda yurishi, hattoki bezorilarga va turli zararli oqimlarga qo‘shilishi holatlariga olib kelganligi tanqidiy muhokama qilinib, ta'sirchan chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta'lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi14 tasdiqlandi.

Ta'lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi.

Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur'atlar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta'lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-4958 sonli farmoni.

O‘zbekiston Respublikada ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda. Ta'lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g‘oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta'lim tizimini tom ma'noda sifat jihatdan tubdan o‘zgarish va yangilashlar jarayonlari uchun asos bo‘ldi.

Ta'lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmoni shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.

Xujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta'limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:




Download 39,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish