Bog'liq Докторина Xarbiy doktrinasi Harbiy strategiya
Mudofaa vazirligida yangi doktrina yuzasidan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi O'zbekiston Фото: Мудофаа вазирлиги матбуот хизмати
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. “Mudofaa doktrinasi – milliy xavfsizligimizning mustahkam poydevoridir” mavzusida tashkil etilgan anjuman doktrinaning mazmun-mohiyatini tushuntirish va targ'ib qilish maqsadida o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oliy Majlis palatalari tomonidan yangilangan Mudofaa doktrinasining qabul qilinishi ulkan siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega voqea bo'ldi. Ta`kidlash kerakki, Mudofaa doktrinalari davlatlarning harbiy xavfsizlik sohasidagi siyosatini belgilab, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va zarur hollarda qo'llashga doir yo'nalishlarni belgilovchi rasmiy qarashlar, prinsiplar va yondashuvlar tizimlashgan, yaxlit jamlanma xususiyatiga ega muhim hujjat hisoblanadi.
Mudofaa doktrinasi davlatimiz xavfsizligini ta`minlash va barqaror rivojlanishining asosi va bu borada har bir fuqaroning uning talablarini amalga oshirishdagi o'rni va roli beqiyosdir. Shu ma`noda ushbu anjumanning o'tkazilishi, ko'rib chiqilayotgan masalaning qanchalar dolzarbligini belgilab beradi.
Anjuman ishida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbariyati va professor-o'qituvchilari, Harbiy-ilmiy tadqiqotlar va o'quv-uslubiy markazi ofitserlari va ilmiy xodimlari, oliy harbiy ta`lim muassasalari vakillari va boshqa oliy ta`lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashdilar.
II. Doktrinaning siyosiy jihatlari. O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati.
Urushning va urush xavfining oldini olish - bosh strategik yo‘nalish.
III. Doktrinaning harbiy-tashkiliy jihatlari . Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlari.
Harbiy xavfning potensial manbalari.
Bosh harbiy-strategik vazifalar.
12.2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining isti q bollari
O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi.