24. Hujjatlar qanday tartibda topshiriladi? Javob:hujjatlar online shaklda ARIZA.PIIMA.UZ topshiriladi. 25.Prezident maktablariga hamma hujajt topshirishi mumkinmi? Javob: Prezident maktablariga o’quv yilini belgilangan fanlardan a’lo baholarga tugatgan o’quvchilar hujjatlari qabul qilinadi. 26. 3 baho olganlar nima uchun hujjat topshirishi mumkin emasmi? Javob:O’zResVM ning 2019-yil 25-iyundagi “Prezident maktablari to’grisida nizomni tasdiqlash haqidagi” 526-son qarorida Prezident maktablariga hujjatlarni toshshirish talabgorning belgilangan fanlardan a’lo baholarga o’qimagan bo’lsa hujjatlarni rad etishga asos bo’lishi belgilab qo’yilgan 27. Imtihon qasi tillarda imtihon topshiriladi? Javob:Imtihon talabgorning hohishiga ko’ra o’zbek ingliz va qoraqalpoq tillarida topshiriladi. 29. Nima sababdan Qashqadaryodagi o’quvchi Toshkent Prezident maktabiga hujjat topshira olmaydi? Javob:Prezident maktablari to’grisida nizomda talabgorning ta’lim olayotgan maktabi hududiy mansubligi Prezident maktabi hududiy mansubligiga mos kelishi belgilangan. 30. Farzandim 5 sinfni qayta o’qisa bo’ladimi? Javob:Talabgorlarga bir singda qayta o’qish imkoniyati berilmaydi. 31. Halqaro olimpiadalar va tanlovlarda golib bo’lgan o’quvchilar uchun imtiyozlar bormi? Javob:Halqaro olimpiadalar va tanlovlarda golib bo’lgan o’quvchilar uchun imtiyozlar ko’zda tutilmagan 32. Farzandim rus sinfda ta’lim olayotgan bo’lsa Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkinmi? Javob:Albatta. Nizomda belgilangan talablar asosida hujjat topshirishi mumkin. Bunda imtihon tili sifatida o’zbek ingliz va qoraqalpoq tillaridan birini tanlashi kerak bo’ladi. Rus tilida imtihon olinmaydi. 33. Chet elda bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkinmi? Javob: Albatta, chet elda bo’lgan bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Bunda talabgorning chet el ta’lim muassasida o’qiyotganligini tasdiqlovchi hujjat va baholarining tasdiqlangan nushasi talab etiladi. 34.Chet elda bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qaysi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkinmi? Javob: chet elda bo’lgan bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ota-onalari yoki qonuniy vakillarining doimiy ro’yhatdan o’tgan yashash joyi bo’yicha Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin.