To’liqnurlanish(radiatsion)pirometrlari Radiatsion pirometrlar (to’liq nurlanish pirometrlari) qizdirilgan jismning temperaturasini o’lchashga mo’ljallangan. Pirometr optik sistema (linza, oyna) bilan ta’minlangan. Bu sistema jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, qarshilik termometri va yarim o’tkazgichli termoqarshiliklardan iborat o’zgartgichga to’playdi. O’lchash asboblari sifatida millivoltmetr, avtomatik potentsiometr va muvozanatlashtirilgan ko’priklardan
4 – rasm. Radiatsion pirometrning prinsipial sxemasi foydalaniladi.
4 – rasmda termobatareyali radiatsion pirometrning printsipial sxemasi ko’rsatilgan. Pirometr ob’ektiv linza 1 va okulyarli teleskop 5 dan iborat. Nurlanish manbaidan chiqqan nurlarning yo’lida cheklovchi diafragma 2 o’rnatilgan, ob’yektiv linza fokusida esa termobatareya 3 joylashgan. Okulyar linza oldiga ko’zni muhofaza qiluvchi rangli shisha 4 qo’yilgan. Termobatareyada to’plangan nurlar uni qizdira boshlaydi va nurlanishning to’liq energiyasiga proportsional bo’lgan EYuK paydo bo’ladi. Bu EYuK millivoltmetr bilan o’lchanadi.
1000C dan 40000C gacha temperaturani o’lchaydigan radiatsion pirometrlarning turli konstruksiyalari mavjud bo’lib, ular o’zlarining optik sistemasi, termojuftlarni ulash sxemasi va boshqa elementlari bilan farq qiladi. O’zgartkichlari qarshilik termometridan iborat bo’lgan ba’zi radiatsion pirometrlar nisbatan kichik, masalan, 200C dan 1000C gacha temperaturalarni o’lchay oladi. O’zgartkich qabul qiladigan nurlar energiyasini aniq hisobga olish juda qiyin. Chunki o’zgartkich va atrof muhit o’rtasida o’zaro issiqlik almashuvi mavjud. Shuning uchun asbob hisobga olib bo’lmaydigan xatolarga yo’l qo’yishi tabiiy.
Lekin shu kamchiliklarga qaramay, radiatsion pirometrlar sanoatda juda keng qo’llaniladi. Pirometrlarning ko’rsatishlarini masofaga uzatish yoki avtomatik ravishda yozib olish va ular yordamida temperaturani rostlash mumkin. 25000C gacha temperaturani o’lchashda pirometr ko’rsatishlarining xatosi ±1.5%, 25000C dan ortiq temperaturani o’lchaganda esa ±2.5% dan oshmaydi.
Seriyalab chiqarilayotgan APIR-S turidagi to’liq nurlanish pirometrlari temperaturani 30 dan 25000C gacha bo’lgan oraliqda o’lchashga mo’ljallangan.
Maxsus tayyorlangan pirometrlar – 100 dan +35000C gacha temperaturalar oraligida qo’llaniladi.
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. Neftni haydash jarayonida olingan qoldiqlarga termik kreking rejimida ishlov berib, ularning termik parchalanishi natijasida qo`shimcha neft mahsulotlari olish.