«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi sifatida» Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash tizimi misolida


I.A.Karimov asarlarini o`rganishning hozirgi holati



Download 256,5 Kb.
bet4/8
Sana27.04.2023
Hajmi256,5 Kb.
#932427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining

1.2 I.A.Karimov asarlarini o`rganishning hozirgi holati.
Mustaqillikning taqdiri, xalqimiz, Vatanimiz kelajagi respublikamizda istiqomat qilayotgan kishilarning, o`sib kelayotgan yosh avlodning tarixiy mas`uliyatini qanchalik chuqur his qila bilishi, otashin vatanparvarligi, mehnatsevarligi, bilimdonligi, ma`naviy kamoloti, axloqan pok va jismonan barkamolligiga ko`p jihatdan bog`liq. Buyuk davlat bo`lish uchun buyuk, oqilu dono, madaniyatli, ma`rifatli millat va inson bo`lishi kerak. “Oldimizga mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma`naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda, har qanday ulug` maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go`zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a`zolari bo`lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog`liqdir”.
Darhaqiqat, kishilik jamiyati tarixining biron – bir bosqichida insonning taqdiriga befarq qaragan, uning dardiga dardkashlik, qayg`usiga hamdardlik qilmagan, baxt istiqboli va insoniy kamoloti uchun jon kuydirmagan va biron tarixchi, na bironta faylasuf yoki huquqshunos olim va bironta diniy alloma bo`lgan emas.
Oliy majlisning IX sessiyasi O`zbekiston Respublikasi tarixida yangi davrni boshlab berdi. Unda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi O`zbekiston maktablarida tub islohotlar o`tkazish, ta`lim – tarbiyani yanada takomillashtirish, uni dunyo standartlari darajasiga ko`tarish vazifasini qo`ydi.
«Kadrlar tayyorlar Milliy dasturi» g`oyasi o`z – o`zidan paydo bo`lmaganligi yuqoridagi tahlillarimizdan ma`lum bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1989 yildayoq o`ylaganligi, biroq mustabid tuzum bunga yo`l qo`ymaganligi bugun hammaga ayon.
1997 yilga kelib O`zbekiston jahonga o`z nomini tanitdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlandi; mahsulot ishlab chiqarish oshdi, hamkorlikdagi korxonalar kuchaydi. Ularda mashinalar, elektron asboblar va boshqa dunyo standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Davlat g`alla mustaqilligiga erishdi. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarib bu yo`nalishda ham mustaqillikka erishish bilan birga o`z mahsulotini ekport qila boshladi. O`zbekiston dunyoning katta bozoriga shahdam odim tashladi. Shu bilan birga O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olishida bugun va kelajak uchun zarur bo`lgan zamonaviy kadrlarga ehtiyoj sezila bordi. Eskicha usulda tayyorlangan kadrlar bilan yangicha ishlab bo`lmasligi ham ayonlashdi. Buni yurtboshimiz «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri bilan bo`lgan suhbatida yana bir bor ta`kidladi:
«Men ko`p yillar davlat rejalashtirish idoralarida ishlaganman. Xizmat taqozosiga ko`ra fan va ta`lim masalalari bilan ham shug`ullanganman. Shu sababli sovet ta`lim tizimining barcha jihatlarini yaxshi bilaman, deb ayta olaman. Bizga meros bo`lib qolgan ta`lim – tarbiya tizimining ma`lum bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, o`quv jarayonida o`quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo`l qo`ymaslik, har qaysi o`quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g`oyalariga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo`llash tamoyili asosiy o`rnini egallar edi. Ko`p joylarda sifat o`rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Ko`pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga o`xshagan salbiy asoratlarni afsuski, hozir ham sezib turibmiz.
Bu tizim Vataniga, xalqiga, millatiga fidokor, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas`uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi kadrlarni emas, asosan sayoz saviyali kadrlarni, mute kishilarni ming – minglab yetishtirgan edi. Jamiyatimizni yangilash, islohotlarni hayotga tadbiq etish, bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo qilishga o`tar ekanmiz, ana shunday ongli, qotib qolgan, azmu shijoatdan yiroq el yurt manfaati uchun kuyub yonmaydigan kadrlar muttasil ravishda ishning beliga tepib turishini his qildik, ochig`ini aytsam, hozir ham sezayapmiz».8
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim – tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron – bir sohasida o`zgartirish kiritib bo`lmas edi. Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog`lik mosligiga bog`liq. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri avvalambor shu muammolarni uzil – kesil yechish bilan chambarchas bog`langanligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas.
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» - orzumizga erishishning qonun bilan himoyalangan hujjatidir. Hamma gap ushbu Qonunning bekamu-ko`st bajarilishida! Butun halqni shu ishga safarbar qila bilishda! Safarbarlikning zamirida esa har bir fuqaroning mazkur ishlarning mohiyati va mazmuniga tushunishi, belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishi, o`zining munosib hissasini qo`shish istagi turadi. Xalqni bu ishga chorlash uchun maqsad aniq va ravshan tushuntirilmog`i lozim. Maqsadni tushuntirish uchun esa yaqinlashib kelayotgan XXI asr ehtiyoji hamda avvalgi tizimning bu ehtiyojlarga javob bera olish darajasi, kamchiliklari ochib berilmog`i kerak bo`ladi.
Yangi asr bo`sag`asida biz sifat jihatidan tamomila yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirish uchun shaxdam qadamlarni bosmoqdamiz. O`sha jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlikni, bilimni talab qilishini ham bugun anglab yetdik. Bosgan qadamlarimiz qat`iyatli va ishonchli bo`lishi uchun esa bizga zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan raqobatbardosh kadrlar zarur. Mustaqillik yillari mazkur yo`nalishda talaygina ishlar amalga oshirilganligi haqida batafsil to`xtalgan edik. Ammo, ta`lim sohasida, kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan bu islohotlar bizlarni qanoatlantira olmadi.
Oliy Majlisning IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida ta`lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatni obyektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda «revolyutsion» islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Fukarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkor va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish albatta pedagogika fanini keyingi rivojlanishiga katta ta`sir kursatadi. Endi pedagogika fani faqat ta`lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta`minlovchi emas, komil insonni shakllanishi, rivojlanishini ta`minlochi keng soxalarni o`z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani uz oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo`ydi. Shuning uchun xam yangi ta`lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlantirishlarning barcha yunalishlari qayta ko`rib chiqildi. Ko`p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat kilib kelgan va unda ma`lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bulgan bo`lsa, endilikda u siyosatdan holi bo`lgan holda erkin fan sifatida o`z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega buldi. Uzbek pedagogikasi o`z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega buldi.»
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan «Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida boshqa ta`lim turlari qatori umumiy o`rta ta`lim maktablari faoliyati ham jiddiy tanqid ostiga olingan edi.
Eski ta`lim tizimidagi yuqorida ta`kidlangan qator kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishiga sabab bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan uzluksiz ta`limning tamomila yangi tizimi yuqorida aytilgan kamchiliklarni bartaraf etib, O`zbekiston fuqarolarining XXI asr avlodini shakllantirishga sharoit yaratadi.
Uzluksiz ta`lim tizimining eski tizimdan ustunligi, ilmiy asoslanganligi va kadrlar tayyorlashdagi mavjud bo`lgan muammolarni yecha olishini yaxshi tasavvur qilish uchun keltirilgan chizmaga murojaat qilaylik. O`zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingunga qadar mavjud va shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimining qiyosi.
А). Islohotgacha mavjud ta`lim tizimi:



Maktabgacha ta`lim (7 yoshgacha)

Tayanch ta`lim (1-9 sinf)

Umumiy o`rta ta`lim (10-11 sinf)

Boshlang`ich va o`rta kasb-xunar ta`limi

Oliy ta`lim

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim

Kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash


uzilish



uzilish


В). Hozirgi shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimi.



Maktabgacha ta`lim (6-7 yoshgacha)

Umumiy o`rta ta`lim (1-9 sinflar)

Uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi

Oliy ta`lim

Oliy ta`limdan keyingi ta`lim

Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash



Ta`lim dasturlarining


o`zaro uyg`unlashuvi
- Umumta`lim dasturlari
- Kasb – hunar ta`limi dasturlari
Islohotgacha ta`lim tizimida, chizmada ko`rsatilgandek, umumta`lim dasturlarining ikki joyida, ya`ni tayanch /1-9 sinflari/ ta`lim dasturlari o`rtasida «uzilish»lar mavjudligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu uzilishlar natijasida ta`lim dasturlarining uzviyligi buzilgan. Natijada bolalarimizning kasb-hunarsiz ko`chada qolib ketishi hollari yuz berdi. O`quv fanlari dasturlarining bir – biriga nomutanosibligi zamon talablariga javob bermasligi, ularda qaytarish va takrorlashlar ko`pligi ham uning ilmiy asoslanmaganidan dalolat beradi.
Shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimining eng ko`zga ko`ringan yutuqlaridan biri ham aynan shu «uzilish»larni yo`qotishdan iborat bo`ldi.
Xo`sh, bunga qanday erishildi?
Avvalambor, ilmiy asoslanmagan II yillik umumiy o`rta ta`lim tizimi 9 yillik o`quv tizimiga keltirildi. Unla o`quv fanlarining soni kamay tirilib samara beradigan darajaga yetkazildi, o`quv dasturlaridagi ko`pgina takrorlashlar olib tashlandi. Mazmun jihatidan o`quv fani o`zlashtirishni qiyinlashtirgan ba`zi boblar, qismlar ta`lim dasturlarining yuqori bosqichlariga o`tkazildi.


Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish