Prezentatsiya


O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish



Download 7,47 Mb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi7,47 Mb.
#497355
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu

O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
  • davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan
  • birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
    • Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:
    • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko'ra Markaziy bank boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
    • yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko'rib chiqadi;
    • O'zbekiston Respublikasi Prezidentiningtaqdimiga ko'ra Markaziy bank Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
    • yillik hisobotni, shuningdek auditorlik xulosasini ko'rib chiqadi.
    • Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yo'nalishlari to'g'risida har yili matbuotda ma'ruza e'lon qiladi.
    • Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.
    • Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, basharti, ular o'z zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan bo'lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa.
    • Markaziy bank o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo'lgan normativ hujjatlar chiqaradi.
    • Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatning o'zida o'zga qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
    • Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
    • Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
    • Markaziy bank Qoraqalpog'iston Respublikasipoytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
    • Markaziy bankka qarashli xizmatlar va muassasalar Markaziy bank Boshqaruvi (bundan buyon matnda - Boshqaruv) tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat ko'rsatadi
    • Markaziy bank:
    • boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va o'zga moliya-kredit muassasalarida O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
    • moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan, chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko'rsatishga;
    • xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
    • O'zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.
    • Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o'zaro munosabatlari O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
    • ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so'ng;
    • umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq amalda barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar baholanganidan so'ng aniqlanadi
    • Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko'rinishdagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
    • Muomalada bo'lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat'iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta'minlanadi.
    • Markaziy bank yo'q qilib yuborilgan, yo'qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo'qotgan banknotlar va tangalarning o'rnini qoplamaydi.
    • Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlisning Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
    • Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi.
    • Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to'g'risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.
    • Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko'ra bir nominal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hech qanday to'lovsiz yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi.
    • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bir necha yillardan beri bir xilda – 14% miqdorida saqlab kelinayotgan qayta moliyalashtirish stavkasi yillik 14% qilib belgilandi.
    • Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko’ra inflatsiyaning 2021 yil yakuni bo’yicha kutilayotgan (9-10%)foizigacha pasayishi kutilmoqda..
    • 2021 yilda korrupsion jinoyatlar oqibatida O’zbekistonga 1 trln 282 mlrd so’m zarar yetkazildi.
    • Oltin haqida gapiradigan bo‘lsak, respublikamizning oltin zaxiralari 2020 yil 1-iyundagi hisobotiga ko’ra 335.9 tonna oltin zahirasiga ega. Mamlakat oltin-valyuta zahirasining 60.5 foizi oltinda. Oltin eksporti haqida ham ma’lumotlar mavjud emas. O‘zbekiston jahonda oltin zaxiralari bo‘yicha – 17-o‘rinda. Birinchi o’rinda – AQSH –(8 133.5 tonna) egallab turibdi. Ikkinchi o’rinda – Germaniya (3 363.6 tonna) uchinchida esa xalqaro valyuta jamg’armasi (2 814 tonna). Hozirda 30 dan ortiq oltin koni mavjud. Asosiy oltin konlari – Qizilqum, Muruntov, Ko‘kpatos. Samarqand va Toshkent viloyatlarida yangi konlar ochilgan.
    • Мулкчилик шаклларига қараб банклар:
    • Бажарадиган функцияларига қараб:
    • Жойлашиш белгисига қараб:

    Download 7,47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish