5 слайд
Описание слайда:
“Bilimdonlar” guruhi “CHaqqonlar” guruhi “Topqirlar ” guruhi ofarin O’quvchilar quyidagicha baholanadi. Matematik figuralar ichida joylashgan ofarin- 5 bahoni, barakalla – 4 bahoni , olg’a intil -3 bahoni anglatadi.
6 слайд
Описание слайда:
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar o`rtasida “ Kim bilimdonu, kim chaqqonu, o`yini ”. Har bir guruhga tezkor savollar beriladi, guruhlar savollarga tez va aniq javob berishlari kerak. 1.Yopiq urug’li o’simliklar qanday o’simliklar hisoblanadi? 2 . Yopiq urugli o’simliklar necha sinfga bo’linadi? 3. Qanday o’simliklarga ikki urug’pallali o’simliklar deyiladi? 4. Qanday o’simliklarga birurug’pallali o’simliklar deyiladi? 5. Ikkiurug’pallali o’simliklarga misol keltiring. 6. Birurug’pallali o’simliklarga misol keltiring. 7. Ikki urug’pallali o’simliklar bilan bir urug’pallali o’simliklar bir-biridan qanday farq qiladi?
7 слайд
Описание слайда:
Yangi mavzu bayoni Bu oilaga shimoliy yarimsharlarning mo’tadil iqlimli mintaqalarida o’sadigan 120 turkumga mansub 3000ga yaqin turdagi daraxt, buta, va ko’p yillik o’tlar kiradi. O’zbekistonda uning 35 turkumga oid 153 turi o’sadi. Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchga bo’lingan, panjasimon yoki patsimon, yoxud murakkab, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari yakka-yakka, shingil, qalqon, sayabon shakldagi to’pgullarda joylashgan. Ikki jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri ko’pincha 5 a’zoli. Gultojibargi 5ta, qo’shilmagan, changchilari ko’p, urug’chisi 5tagacha yoki undanda ko’p, tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi quruq yoki ho’l.
8 слайд
Описание слайда:
Bu oilaga tobulg’i, olcha , namatak, olam, olxo’ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi. Olmalar. Olma turkumiga mansub daraxt bo’lib, O’zbekistonda ularning 5ta turi bor. Shulardan ikkitasi yovvoyi, uchtasi madaniy turlardir. Nok guli va mevalari bilan olmaga o’xshaydi. Lekin mevasining yetida tosh hujayralari borligi bilan olmadan farq qiladi. O’zbekistonda nok turkumiga oid 7ta tur bor. Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan. Ularga o’rik, shaftoli, gilos va olxo’ri, qulupnay malina kabilar kiradi. Ular xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi o’rta osiyo noki, olga sorbariyasi O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |