Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar:
1. 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Asosiy vositalar» (O'zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
2. «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
3. «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida»gi Nizom (O'zR AV tomonidan 29.08.2004 yilda 1401-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
4. 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Ijara hisobi» (O'zR AV tomonidan 24.04.2009 yilda 1946-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
5. Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to'g'risidagi Nizom (O'zR AV tomonidan 01.062009 yilda 1961-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan)
6. 21-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti "Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi" (O'zR AV tomonidan 23.10.2002 yilda 1181-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
7. 19-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Inventarlashni tashkil etish va o'tkazish» (O'zR AV tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
v) ko’rpa-to’shak anjomlari;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan asboblar va boshqalar);
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
e) tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (trallar, to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi - umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o’z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli mo’ljaldagi bitta yoki bir nechta buyumlardir.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bo’lgan bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo’lgan holatda har bir bunday ob’ekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’ekti sifatida tan olinadi.
Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo’lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa.
Mulkka egalik, xo’jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilishi lozim va asosiy vositalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining 1-bo’lim hisobvaraqlarida yuritiladi (0100-0990).
a) kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
b) ob’ektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha xarid qilish;
v) ta’sischilarning ustav sarmoyasiga qo’yilmalari;
g) bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
d) ayirboshlash;
e) tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o’tkazish;
j) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
z) qiymati aniqlangan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar;
i) ortiqcha (hisobga olinmagan) asosiy vositalarni aniqlash;
k) asosiy vositalarni xo’jalik jamiyati ta’sischilar tarkibidan chiqayotganda yoki tugatilayotgan xo’jalik jamiyatining mulki ta’sischilar orasida taqsimlanayotganda qo’lga kiritish;
l) asosiy vositalarga mulkka egalik, xo’jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqini qo’lga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki holatlar natijasida kiritilishi mumkin.
Asosiy vositalar miqdori korxona balansiga:
Asosiy vositalar ob’ektlarining eskirishi - ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari yo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni jamg’arishni ta’minlashi kerak. Bunday jamg’arishga amortizatsiya deb ataluvchi ajratmalarni xarajatlarga kiritish hisobiga erishiladi.
Amortizatsiya (lotincha amortisatio - qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Soliq solish maqsadida amortizatsiya davlat tomonidan belgilangaq yagona me’yorlar asosida boshlang’ich qiymatga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
Har bir ob’ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100 % idan oshishi mumkin emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |