Presentation Title Here



Download 127,76 Kb.
bet2/3
Sana10.07.2022
Hajmi127,76 Kb.
#769723
1   2   3
Bog'liq
1 4970219846663930812

Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborniqaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi.

  • Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborniqaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi.
  • Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqilravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish haqidagi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.

Rejasiz inventarizatsiya esa qo‘yidagi hollarda o‘tkaziladi


- Moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda.
- Moddiy javobgarlikning brigada usulida:
a) 50 % brigada a’zolari o‘zgarganida;
b) brigada boshlig‘i o‘zgarganida.
- Yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti.
- O‘g‘irlik haqida ma’lumot olingan zahoti.
- Mulkchilik shakli o‘zgarganda
- Inventarizatsiya o‘tkazilishi haqida moddiy javobgarlik brigada a’zolaridan ariza olinganda.
- Boyliklar bo‘zilishi aniqlanganda.
- Boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda.
- Asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi).
- Korxona tugatilayotganda.
Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari, qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
-To‘liq
- Qisman.
  • - To‘liq inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart(yillik hisobot tuzilishidan oldin).
  • - Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir.

Agar inventarizatsiya jarayonida asosiy vositalarning kam omadi yoki ortiqchaligi aniqlansa,komissiya mas’ul shaxslardan buning sabablarini tushuntirishni talab qilish zarur. Chunki bu ma’lumotlar inventarizatsiya va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini taqqoslash natijasida aniqlangan farqlarning sabablarini o‘rganishda muhim rol uynaydi.
Ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlanganda ular qoldiq qiymati bo‘yicha kirimga olinadi
Dt 0100 Kt 9710 va eskirish miqdoriga Dt 9430 Kt 0200
  • Inventarizatsiyaning qanday turi o‘tkazilayotganligidan qat’iy nazar, uni o‘tkazish haqida korxona rahbari buyrug‘i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan bo‘lishi lozim: buyruq tartib raqami, korxona nomi, buyruq yozilgan muddat, inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bo‘lim, inventarizatsiya ob’ekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyatlar), inventarizatsiya boshlash va tugatish muddatlari, inventarizatsiya o‘tkazish sababi, inventarizatsiya hujjatlarini buxgalteriyaga topshirish muddati, rahbar ismi va imzosi, korxona muhri
  • Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro‘yxatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.
  • O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi
  • Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi
  • Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
  • inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va holati;
  • texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
  • Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasi
  • Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi. Hayvonlar va yosh hayvonlarni inventarizatsiyasi
  • Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari inventarizatsiya ro‘yxatlarida qayd etiladi va ularda: hayvonning raqami (birka, tamg‘asi), hayvonning laqabi, tug‘ilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (og‘irligi) (vazni (og‘irligi) ko‘rsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bug‘ulardan tashqari) va boshlang‘ich qiymati ko‘rsatiladi.
  • Hayvonning nasli uni bonitirovkalash ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi.
  • Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu ro‘yxatda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi so‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. So‘ng moddiy javobgar shaxs “ ... ushbu qayta ro‘yxatga olish dalolatnomasida ko‘rsatilgan moddiy qiymatliklar mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu moddiy qiymatliklarni o‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta ro‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yo‘q.. (agar, davosi bo‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. To‘liq rasmiylashtirilgan qayta ro‘yxatga olish ro‘yxati (opis) komissiya raisi tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
  • Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi;
  • D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor
  • mahsulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti;
  • Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi: D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”; Kamomatlar undirib olinganda: D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” schyoti.

XULOSA

  • O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o’z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim.
  • Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.
  • Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMS va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asoslanadi.
  • «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o’tkaziladi.
  • «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMSga asosan asosiy vositalar inventarizatsiyasini o’tkazishdan oldin quyidagilarni aniqlash lozim:
  • Inventar kartochkalar, inventar varaqalarning mavjudligi va holatini;
  • Тexnik pasportlar va boshqa texnik hujjatlarning majudligi va holatini;
  • Korxonaga ijara asosida, saqlashga yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarning mavjudligi va holatini.
  • Takliflar: inventarizatsiya haqida o’quvchilarga kengroq qilib yoritilib berilgan o’quv qo’llanmalari va korxonalarda inventarizatsiya o’tkazish tartibi va inventarizatsiya vaqti davomida rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan hujjatlar haqida kengroq yoritilgan o’quv qo’llanmalar yozilsa o’quvchilar inventarizatsiya haqida kengroq va mukammal tushunchaga ega bo’lishadi. Amaliy darslarda sinf xonasida, yoki ta’lim muassasasining o’zida inventarizatsiya ishlarini o’quvchilarning o’zlari olib borishsalar va hujjatlarda rasmiylashtirib ko’rsalar ularning tajribasi oshadi.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish