Eroziya (lot.erosio- yemirilish), tog` jinslari, tuproq va b. tabiiy hosilalarning о`zgarib, ularning yaxlit sirti parchalanishi va zarralarining bir joydan boshqa joylarga kо`chishi. Tuproq eroziyasi ikki xil bо`ladi: tabiiy (geologik) va sun‘iy (tezlashgan) E. Tabiiy eroziya abiotik muhit omillari ta‘sirida kelib chiqadi. Uning kechishi tezligi tuproq hosil bо`lish tezligiga yaqin bо`lgani uchun ham u sezilmaydi va deyarli zarar keltirmaydi. Qishloq xо`jaligi uchun xavflisi tezlashgan E. Tezlashgan eroziya shamol yordamida kо`chish (shamol eroziyasi yoki eol eroziyasi – deflatsya ), suv bilan yuvilishdan (suv eroziyasi), shuningdek,muhitning kimyoviy va fizik ifloslanishi hamda biotik omillarning ta‘sirida (yaylovda chorva mollarining kо`plab boqilishidan о`simliklar qoplamasining yо`qolishi va tuproqning tuyoqlar bilan yanchilishidan ) kelib chiqadi. Tuproq eroziyasi о`kazilayotgan agrotexnik tadbirlarga ham bog‗liq. Almashlab ekish tо`g`ri qо`llanilgan maydonlarda uning yillik tezligi 0,2-0,3 mm dan oshmaydi, monokulturada esa yillik tezlik 13 mm gacha yetishi,ya‘ni yо`l qо`yiladigan darajadan 4-6 marta oshishi mumkin. О`zbekistonning sharqiy qismiga suv eroziyasi, uning g`arbiy hududlariga esa shamol eroziyasi xavf solib turadi. Tuproq eroziyasi AQShda ― milliy kulfat‖deb rasmiy ravishda e‘tirof etilgan. - Eroziya (lot.erosio- yemirilish), tog` jinslari, tuproq va b. tabiiy hosilalarning о`zgarib, ularning yaxlit sirti parchalanishi va zarralarining bir joydan boshqa joylarga kо`chishi. Tuproq eroziyasi ikki xil bо`ladi: tabiiy (geologik) va sun‘iy (tezlashgan) E. Tabiiy eroziya abiotik muhit omillari ta‘sirida kelib chiqadi. Uning kechishi tezligi tuproq hosil bо`lish tezligiga yaqin bо`lgani uchun ham u sezilmaydi va deyarli zarar keltirmaydi. Qishloq xо`jaligi uchun xavflisi tezlashgan E. Tezlashgan eroziya shamol yordamida kо`chish (shamol eroziyasi yoki eol eroziyasi – deflatsya ), suv bilan yuvilishdan (suv eroziyasi), shuningdek,muhitning kimyoviy va fizik ifloslanishi hamda biotik omillarning ta‘sirida (yaylovda chorva mollarining kо`plab boqilishidan о`simliklar qoplamasining yо`qolishi va tuproqning tuyoqlar bilan yanchilishidan ) kelib chiqadi. Tuproq eroziyasi о`kazilayotgan agrotexnik tadbirlarga ham bog‗liq. Almashlab ekish tо`g`ri qо`llanilgan maydonlarda uning yillik tezligi 0,2-0,3 mm dan oshmaydi, monokulturada esa yillik tezlik 13 mm gacha yetishi,ya‘ni yо`l qо`yiladigan darajadan 4-6 marta oshishi mumkin. О`zbekistonning sharqiy qismiga suv eroziyasi, uning g`arbiy hududlariga esa shamol eroziyasi xavf solib turadi. Tuproq eroziyasi AQShda ― milliy kulfat‖deb rasmiy ravishda e‘tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |