1-holat: Muallif gapi Present yoki Future zamonlarida bo’lsa:
1-bosqich. Muallif gapi ko’pincha to say fe’li orqali beriladi va hech qanday o’zgarishsiz yoziladi. Agar to say fe’lidan keyin to’ldiruvchi kelsa, to say fe’lidan keyin to predlog’idan foydalanamiz( He says to him/her/me/Ann...) va u ko’pincha o’zlashtirma gapda To tell fe’li bilan almashtiriladi(He tells him/her/me/Ann...).
2-bosqich. Muallif gapi bilan Ko’chirma gap o’rtasidagi vergul va qo’shtirnoq tushirib qoldiriladi va that bog’lovchisi qo’yiladi,ammo u tushib qolishi mumkin.
3-bosqich. Olmoshlar ma’noga qarab almashtiriladi
4-bosqich. Ko’chirma gapdagi zamon va ravishlar o’zgartirmay yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |