Prendre” fe`li bilan keluvchi iboralarni o`rganish va ularning fransuz adabiyotidagi talqini



Download 40 Kb.
bet2/2
Sana15.09.2021
Hajmi40 Kb.
#174761
1   2
Bog'liq
fransuz maqola

Kalit so’zlar : Frazeologik birliklar, iboralar: « prendre la poudre d’escampette », « prendre part », « prende sur la bouche », « A tout prendre »...

Barchamizga ma’lumki, insonlar o’ylayotgan, his qilayotgan fikrlarini ifodalash uchun so’z, so’z birikmalari va gaplardan foydalanadilar. Shu jumladan, iboralardan ham, turg’un so’z brikmalari fikrlarni ifodalashning o’zgacha bir go’zal talqinidir.

Shunday qilib gap “turg’un birikmalar” termini xususida borar ekan, avvalo ushbu termin va uni o’rganuvchi frazeologiya to’g’risida so’z yuritsak.

“ Frazeologiya “ – umumiy tilshunoslikning turg’un so’z birikmalarini o’rganuvchi maxsus qismi bo’lib, keng ma’noda mustaqil shahobchadir.

So’z birikmalari odatda ikkiga ajratiladi.

1.Erkin so’z birikmalari

2.Turg’un so’z birikmalari

Erkin so’z birikmalari nutq jarayonida hosil qilinadi.

Masalan: une bonne ètudiante, le pere de mon ami, la langue française.

Turg’un so’z birikmalari tayyor , leksik birliklar sifatida oldindan yasalgan bo’ladi. Biror fe’lning har xil to’ldiruvchilar bilan birikishi frazeologik birliklarni yuzaga keltiradi.

Masalan: Prendre son calme- se calmer

De temps en temps- parfois

Turg’un so’z birikmalari o’zlarining turg’unlik darajasi , semantik birligi va tuzulishi bilan farqlanadi. Shvetsariya tilshunosi Sh. Balli frazeologik iboralarni, ularning harakterli xususiyatlarini chuqur o’rgangan. U hamma so’z birikmalarini ularning o’zaro qo’shilishi darajasiga ko’ra ikkita yirik guruhga, ya’ni erkin va turg’un so’z guruhlariga ajratadi. Akademik V. Vinogradov rus tilining frazeologik iboralarini o’rganishda o’zining katta hissasini qo’shgan. U frazeologik iboralarni tashkil etuvchi bo’laklarning qo’shilish darajasiga ko’ra barcha turg’un so’z birikmalarini 3 ta katta guruhga ajratdi.

O’zbek olimlaridan Sh. Rahmatullayev, A.E.Mamatov « hozirgi o’zbek adabiy tilida leksik – frazeologik norma muammolari », B. Yo’ldashev « hozirgi o’zbek adabiy frazeologik birliklarning funksional- uslubiy xususiyatlari » undan tashqari A.I.Smidnitoskiy , H. N. Amosovalar bu sohada ko’plab ishlar olib borishgan.

Hozirgi zamon fransuz tili fikrning eng nozik tomonlarini ifodalaydigan ravishli, fe’lli, otli iboralarga juda boy. Fransuz tilida juda ko’p ishlatiladigan avoir , faire, etre, prendre , mettre fe’llari ko’p semantik aloqaga ega.

“Prendre” fe’li o’zbek tiliga “ olmoq “ deb tarjima qilinadi.Lekin u har doim ham o’z ma’nosida kelmaydi, balki egallamoq, o’tirmoq, tutmoq, qabul qilmoq, o’zgartirmoq ma’nolarida ham keladi. Prendre fe’li yordamida yasalgan frazeologik iboralarning o’ziga xos xususiyati juda kattadir. Ularda prendre fe’li turli so’zlar bilan birikib turlicha ma’noga ega bo’ladi. Masalan :

Prende la vie du coté gai- hayotga yengil qaramoq.

Prendre du ventre – aylana shakliga kirmoq...

Prendre fe’li yordamida yasalgan frazeologik iboralarning o’zbekcha talqini quyidagicha.

Prendre part- bu ibora o’zbek tiliga « qatnashmoq » deb tarjima qilinadi. Bu turg’un ibora bo’lib, aynan prendre va part so’zlari birikib qatnashmoq ma’nosiga ega bo’ldi. Ushbu so’zlarni bir- biridan ajratib yoki ulardan birini boshqa so’z bilan almashtirib bo’lmaydi.

Prendre sur la bouche - ushbu turg’un so’z birikmasi ozbek tiliga « ovqatdan tejamoq » deb tarjima qilinadi. Agar bu so’z birikmasini o’zbek tiliga so’zma so’z tarjima qilinsa «  og’iz ustidan olmoq » deb tarjima qilinadi va bunda so’z birikmasi hech qanday ma’noga ega bo’lmaydi. O’zbek tilida ham bunga sinonim qilib « tamog’ini tiymoq » iborasini olish mumkin.

Barcha tillar adabiyotida, badiiy asarlarda ham turg’un birikmalardan keng miqyosda qo’llaniladi. Prendre fe’li bilan yasalgan turli iboralar badiiy asarlarda keng qo’llangan buyuk fransuz novellanavisi Gi de Mopossan asarlarida va boshqa bir necha hozirgi zamondosh yozuvchilarning asarlarini kuzatish natijasida ushbu fikr o’z tasdiqini topadi. Gi de Mopassanning « Boule de seuf » novellasida prendre fe’li bilan bir necha iboralar keltirilgan.

Masalan : « Il était parfais bien élevé, et par politesse, plaignait la France, disait sa répugnance en prenant part à cette guerre » bu gapning tarjimasi quyidagicha bo'ladi "U yaxshi tarbiyalangan bo’lsada ba’zan Fransiyadan nolir edi, bu urushda ishtirok etayotib o’zining jirkanishini aytardi ".Bu gapda " prendre part à" iborasi keltirilgan. Bunday misollarni ko’plab ko’rsatish mumkin.

Fransuz adibi Gi de Karsning “la cathédrale de haine” (Adovat maqbarsi) ramanida prendre fe’li bilan kelgan 50 taga yaqin iborani uchratish mumkin. Gi de Kars asarlarini o'rganib chiqar ekanmiz unda uchragan "prendre" fe'li bilan yasalgan, frazeologik birikmalarni turli ma'nolarga ega ekanligini bu kabi iboralardan mualliflar asarlaridakuchli ta'sirchan va tushunishga osonroq bo'lishi uchun keng qo'llashlarini anglash mumkin.

Bunga misoli sifatida quyidagi namunalarni keltiramiz.

"Les souled et les cypres caresses par un vent glacial , prennent l'allure inquietante de fantomes aux bras immense."

Bu gaping o'zbekb tiliga tarjimasini ko'rib chiqamiz. "Muzday shamol erkalagan tollar va sarv daraxtlari bahaybat qo'lli arvohlarning, kishining tinchini buzadigan ko'rinishida edilar."Bu gapda "prendre l'allure" iborasidan foydalanilgan , u o'zbek tiliga "ko'rinishida bo'lmoq", "qiyofaga kirmoq" deb tarjima qilinadi.

"Si l'on reve intensement a une chose, on finit toujours par la voir prendre corps."

Bu gapning o'zbek tiliga tarjimasi quyidagicha bo'ladi."Agar bir narsani g'ayritabiiy holda orzu qilinsa, har doim uning amalga oshirilganini ko'rish bilan yakunlanadi." Bunga "prendre corps" iborasi qo'llanilgan bo'lib, u o'zbek tiliga "amalga oshirmoq"deb tarjima qilinadi.

Bu maqolada men "prendre" fe'li yordamida yasalgan iboralarni yoritishga harakat qildim. Ushbu maqolada fransuz tili frazeologik iboralarga boy til ekanligini, frazeologik iboralarning yasalish usullarini ularning ma'nolarga va qo'llanish o'rnilarini o'rganib chiqdim. Frazeologik birikma bu biror fe'lning har xil to'ldiruvchi bilan birikishi natijasidayuzaga kelgan, yaxlit ma'noga ega bo'lgan ajralmas birikmadir. Bu maqola bo'yicha ishlar ekanman, men turli frazeologik iboralarning o'zbek tilidagi variantlarini ko'rib chiqdim va bu ma'lumotlar har birimizga mavjud iboralarni qachon, qanday vaziyatlarda qo'llash mumkin ekanligini bilishimizga juda katta yordam beradi. Ushbu maqolaning yana bir muhim jihati shundaki, «  prendre » fe’lli turg’un iboralarning tarjimasini bilish, anglash yordamida buyuk fransuz adiblarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilishda juda zarurligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Guy de Maupassant navellalari



2. Fransuz tilining frazeologik izohli lug’ati.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish