Predmetli faoliyatning rivojlanishi



Download 18,02 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi18,02 Kb.
#699716
Bog'liq
Predmetli faoliyatni shakllanishi


Predmetli faoliyatning rivojlanishi
Normada rivojlanayotgan bolalar hayotining ikkinchi yilida 
predmetli harakatlarni o‘zlashtirish asosida predmetli faoliyat 
shakllanadi, uchinchi yilida esa bu faoliyat yetakchiga ayla-
nadi. Yetakchi faoliyat sifatida u bolaning psixik rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir etadi.
Predmetli harakatlarning barchasi ham bolaning rivojla-
nishiga bir xil ta’sir etmaydi. Idrok va tafakkurning rivojlani-
shiga, so‘ngra bolaning nutqini rivojlanishiga «moslashtirish» 
va «sababli» harakatlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
«Moslashtirish harakatlari» deb, predmetlar bilan shunday 
harakat qilishga aytiladiki, unda bola bir predmetni boshqa 
predmetga moslab olishi yoki predmetlarning bir qismini 
u ning xususiyati, belgisiga qarab boshqa predmetga moslashi 
lozim. Masalan, qutini yopish uchun unga katta – kichikligi 
va shakliga qarab qopqoq tanlashi lozim. Bunda idrok va ta-
fakkur rivojlanadi. Bizga ma’lum barcha didaktik o‘yinchoqlar 
shunday moslashtirish harakatlari tamoyiliga asoslangan.
Qurolli harakatlar – bu harakatlar jarayonida bir predmet 
boshqa predmetlarga ta’sir etish uchun foydalaniladi. Qurollar 
shunday harakatlarni bajarishga yordam beradiki, bunda ular-
siz bu harakatlarni bajarish imkoni bo‘lmaydi (qoshiq, vilka, 
qalam, bolg‘a, bolta, pichoq, qaychi, nina va hokazo). Ha-
rakat asboblaridan foydalanishda bolaning qo‘li uni qo‘llash 
mantig‘iga bo‘ysunadi. Bola manipulyasiya qilayotgan yoki 
moslashtirish harakatlarini qilishda predmetlarning xususiyat-
larini o‘z shaxsiy tajribasi asosida anglab borsa, asbobli. qurolli 
harakatlardan foydalanish usulini kattalardan o‘rganishi lozim. 
Qurolli harakatlarni o‘zlashtirib olish bolaning ijtimoiy muhit-
ga moslashishida muhim ahamiyatga ega.
Predmetli faoliyatning yuzaga kelishi davrida normal rivo-
jlanayotgan bolada har bir predmetning tashqi ko‘rinishigagina 
emas, balki uning vazifasiga, qo‘llash usuliga qiziqish uyg‘onadi 
(masalan, «bu bilan nima qilish mumkin?» – tarzida) Shu sab-
abli bolalar qo‘liga tutgan har bir predmet bilan uzoq vaqt ma-
nipulyasiya qiladilar. Bunda bolalarda predmetning nomi va 
ular bilan qilinadigan harakatlarga qiziqish uyg‘onadi. Ilk yo-
shdagi aqli zaif bolalarda predmetli harakatlar shakllanmaydi. 
Ularning ba’zilari o‘yinchoqlarga qiziqmaydilar. Ularni qo‘lga 
olib manipulyasiya qilmaydilar. Bundan tashqari manipulyasi-
ya noadekvat harakatlar bilan almashtirilib turiladi.
«Noadekvat harakatlar» deb shunday harakatlarga aytila-
diki, bunda predmetdan foydalanishda predmetning roli bilan 
undan foydalanish mantig‘iga qarshi harakat qilinadi. Masa-
lan, qo‘g‘irchoq bilan stolni taqillatish, katta mashinani kichik 
garajga kirgizishga harakat qilish. 
Download 18,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish