Predmeti va metodi



Download 128,1 Kb.
bet12/15
Sana12.06.2022
Hajmi128,1 Kb.
#659118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5458738506471837844

Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak. Baholashbu hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga yoziladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari – bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schyotlardan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik muomalalarining ikki taraflamalik xusutsiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan Materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan Materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan Materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan redm ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida kalkulyatsiya deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida xulosa chiqarish uchun xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi va tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan hisobot yordamida yerishiladi. Ma’lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi hisobot deyiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi predmeti va metodi o‘rtasida ham sabab-oqibatli dialektik bog‘liqlik mavjud (1.8-rasm).

Download 128,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish