Bog'liq 1 Mavzu STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI STATISTIK KUZATISH
1992 yilning 5 avgust
Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari
“O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi
1997 yilning 15 may
Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari
“O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risisda”gi farmoniga ko’ra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tashkil qilindi
2002 yil 24 dekabr
2002 yilning 12 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun qabul qilingan
2002 yilning 12 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun qabul qilingan
Ushbu qonunga 2005 yil 20 dekabrida, 2010 yil 3 sentyabrida va 2012 yil 3 yanvarida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan
Statistitka metodologiyasining hozirgi davrdagi rivoji quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda
Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika berish
Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini takomillashtirish
Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish
Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish
3.O‘zbekistonda statistika rivojining tarixiy bosqichlari O‘zbekiston Respublikasida statistika uzoq va murakkab, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy rivojlanishning xususiyatlariga bog‘liq yo‘lni bosib o‘tdi.
Sovet davrigacha bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston statistikasi Rossiya imperiyasi tarkibida davlat statistikasini shakllantirish va uning tashkiliy asoslarini yaratish, tashkiliy-uslubiy ishlarini takomillashtirish ishlari bilan xarakterlanadi. Sovet statistikasining dastlabki bosqichi (1917-1930yy)da statistika uslubiyotining rivoji jadallashib, xorijiy statistika yutuqlaridan keng foydalanishga harakatlar bo‘lgan. Maxsus uyushtirilgan ro‘yxatlar va tadqiqotlar o‘tkazilgan holda birinchi marta xalq xo‘jaligi balansi tuzilgan.
Statistikadagi keyingi bosqichi 1930-yillardagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining paydo bo‘lishi va ommaviy qatag‘onlar natijasida ancha susaydi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin statistikaning roli sezilarli darajada oshdi. U mehnat va moddiy resurslarni tezkor hisobga olish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi muhim vazifalarni bajardi. Bu davrda iqtisodiyot va statistikada balans ishlanmalari kengaydi, indeks nazariyasi chuqurlashtirildi, iqtisodiy-matematik model va usullarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish kengaydi.
O‘sha davrdagi statistikaning ijobiy tomoni sifatida statistika uslubiyotining yagonaligi, texnik va dasturiy vositalarning bir xil andozadaligi natijasida kichik hajmdagi investitsion xarajatlar bilan hisoblash tizimi faoliyatining samaradorligining ta’minlanganligini keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, barcha iqtisodiy munosabatlar tizimida tub o‘zgarishlarga qaratilgan iqtisodiy islohotlar statistika tizimini jiddiy takomillashtirish, barcha hisob va statistika tizimida kompleks takomillashtirishni talab qilar edi. Tub o‘zgartirishlarga ehtiyoj – iqtisodiyotdagi turli mulkchilik shakllarining holati va imkoniyati to‘g‘risida haqqoniy va aniq ma’lumotlar asosida jamiyat hayotini boshqarish va samaradorligini oshirish, ular faoliyatini prognozlash hamda boshqaruv qarorlarini baholash zaruriyati bilan belgilangan edi.
Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mustaqil O‘zbekiston statistika tizimini qayta qurishda boshlang‘ich punkt bo‘lib 1992-yil hisoblanadi.
Shu yili iqtisodiyot talabidan hisob va statistikaning orqada qolayotganligi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lgan edi. Bu bosqichda qayta qurishning asosiy yo‘nalishi statistika va prognozlashtirish idoralari ishlari orasidagi o‘zaro aloqani ta’minlashga qaratildi. Ushbu maqsadda 1992-yilning 5-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va statistika Davlat qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra “O‘zistiqbolstat” Davlat qo‘mitasi tuzildi. Farmonga binoan O‘zbekiston rivojlanish istiqbollarni belgilash qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi birlashtirildi.
“O‘zistiqbolstat” tarkibida istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmalari, Bosh hisoblash markazi, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tekshirish instituti, Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil qilindi.
Joylarda Istiqbolni belgilash va statistika idoralari obro‘sini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika qo‘mitasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari, tuman va shaharlarda istiqbolni belgilash va statistika bo‘limlari tuzildi.
Iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishdagi iqtisodiy islohotlar, qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish mamlakatda statistika va hisob tizimini tubdan islohot qilinishini talab qilar edi. Statistika tizimining xalqaro andozalarga o‘tkazish va islohotlarning ko‘p maqsadli yo‘nalishlari masalalarining keng ko‘lamliligi va murakkabligi uni amalga oshirishda davlat ishtiroki zarurligini talab qildi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustda 433-sonli qarori bilan 1996-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan statistika va hisob tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi Davlat dasturi” qabul qilindi. Ushbu Dasturni amalga oshirish ishlarida ko‘pgina davlat idoralari, yetakchi iqtisodiy va boshqa ilmiy muassasalar hamda OTMlari qatnashgan.
Bir maqsadga yo‘naltirilgan va bosqichma-bosqich Dasturning hayotga tatbiq qilinishi quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi:
- bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi milliy hisobchilik yangi konseptual makroiqtisodiy modelni – Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini o‘zlashtirish boshlandi;
- narxlar, mehnat, tashqi va ichki savdo statistikasi tubdan yangidan tashkil qilindi, statistikaning moliya, byudjet va bank bo‘limlari qaytadan shakllantirildi,
tarmoqlar statistikasi ko‘rsatkichlari aniqlashtirildi, institutsional o‘zgarishlar statistikasini yaratish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi, MHT sxemasi bo‘yicha tarmoqlararo balansni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratildi, Yagona korxona tashkilotlarning davlat registrini shakllantirish uchun tashkiliy va me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi va statistikaning axborot-hisoblash tizimi takomillashtirildi. Eng muhim natija sifatida davlat statistikasi idoralarining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarining yangi sifat darajasiga ko‘tarilganligini qayd qilish mumkin.
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti islohotlarining yanada rivojlanishi va chuqurlashuvi, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot sohalarining holati va imkoniyatlari to‘g‘risida haqqoniy va aniq ma’lumotlarga tayangan holda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini baholash zaruriyati va statistikani isloh qilish Dasturining amalga oshirish natijalari mamlakat iqtisodiy va statistika tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, statistika oldida turgan muammolarni yechish uchun ularning tashkiliy tizimlarini optimallashtirish masalalarini kun tartibiga qo‘ydi.
Ushbu masalalarni hal qilish maqsadida 1997-yilning 15-mayida “O‘zistiqbolstat” Davlat qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga
aylantirildi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga asosiy vazifalar sifatida quyidagilar yuklatilgan edi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yo‘nalishlari, yo‘llari va usullarini aniqlash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash; makroiqtisodiy va moddiy balanslar, MHTga asoslangan. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining variantli hisob-kitoblarini ishlab chiqish; to‘lov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish va nazorat qilish (Moliya vazirligi bilan birgalikda); O‘zbekiston iqtisodiyotining optimal rivoji va proporsiyalarini, mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, barqaror o‘sish va dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan investitsiya dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot va madaniyat rivoji, aholi turmush darajasi va farovonligining o‘sishini hisobga olish va nazorat qilishga qaratilgan hozirgi zamon indikativ, analitik va statistik uslublar va vositalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Mamlakatni keyingi davrdagi rivoji statistikani takomillashtirishda yangicha yondashishlar zarurligini talab qilar edi. Ushbu yondashishga ko‘ra ustuvorliklar doirasida ishlarni yanada rivojlantirish va ularni yakuniga yetkazishni hamda tizimining o‘zini bozor iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar bilan birgalikda olib borildi. Ya’ni, statistikaning ayrim elementlarini fragmentar isloh qilishdan butunlay yaxlitlikda statistika tizimini isloh qilishga o‘tildi.
Xalqaro statistika amaliyoti hamda uslubiy ko‘rsatmalari va andozalariga ko‘ra statistika muassasalarining funksional vazifalarini yechish uchun berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida ma’lum tizimga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Shu sababli statistika rivojining yangi sifat bosqichini yaratishda muhim shart-sharoit va huquqiy asos bo‘lib 2002-yilning 12-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonun (ushbu qonunga 2005-yil 20-dekabrida, 2010-yil 3-sentyabrida va 2012-yil 3-yanvarida tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil qilindi.
Yuqorida qayd qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra 2003-yilning 8-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga binoan Davlat statistika qo‘mitasi, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalar va qoidalarga asoslangan, davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun statistika sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat ijroiya idorasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotning globallashuvi va integrallashuvi, investitsion jarayonlarning rivojlanishi, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholining bandlik darajasini oshirish, iqtisodiyotning real sektori va tarmoqlarida rivojlanishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va umuman milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari barcha sohalarda statistik va ekonometrik tahlilni takomillashtirish bilan birga statistika fanining nazariy va uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarini yanada jadallashtirishni taqozo etdi.
Bu esa mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik tadqiq qilish masalalarini hal etishning samarali mexanizmini ishlab chiqishning zaruriyatini keltirib chiqardi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017-yil 1-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-sonli Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur qaror bilan statistika tizimi faoliyatida mavjud kamchiliklar aniq ko‘rsatib berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha 2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Natijada statistik ma’lumotlardan milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning ochiq-oydinligini va oshkoraligini maksimal darajada ta’minlash, xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlik qilish borasida ijobiy qadamlar qo‘yildi
.
Milliy statistika tizimini xalqaro statistik tizimga yanada integrallashtirish maqsadida O‘zbekiston to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni xalqaro va chet elning yetakchi moliyaviy institutlari nashriyotlarida joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida ishlar olib borish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 2020-yildan kechiktirmasdan “Milliy hisoblar tizimi – 2008” asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblarni to‘liq ko‘lamda joriy etish ishlari amalga oshirila boshlandi.
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli qaroriga binoan statistik ko‘rsatikichlar Yevropa hamjamiyatining Iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga asoslangan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha (IFUT-2) shakllantirilib, 2017-yildan boshlab amalda qo‘llanila boshlandi.
Ushbu tasniflagichga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi va tuzilmasiga ta’sir etuvchi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni yanada to‘liq qamrab olish, ishlab chiqarish hajmlarini yanada to‘liq hisobga olish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda zamonaviy tovarlar va xizmatlar turlarini rivojlantirish jarayonlarining yoritilishini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shu maqsadda, statistika amaliyotiga yangilangan "Milliy hisoblar tizimi-2008'' qo‘llanmasi tavsiyalarini, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan iqtisodiy faoliyat turlari va mahsulotlar statistik tasniflagichlarini joriy etish ishlari amalga oshirildi, davlat statistikasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha yuzdan ortiq uslubiy hujjatlar tayyorlandi va statistika amaliyotiga joriy etildi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistikasining rivoji ma’lumotlar yig‘ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va statistik tadqiqot ishlarini yangilab borilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Dolzarb, haqqoniy va to‘liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviy siyosat olib borish uchun kafolat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlari va ma’lumotlar bazalarida xolis va ishonchli aks ettirishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, statistika ma’lumotlari sifatini yanada yaxshilash, statistika ko‘rsatkichlarining to‘laqonli ma’lumot bazalarini yaratish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sohalarda statistikaning zamonaviy usullarini joriy etish zarurati mavjud.
Milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustaqilligini ta’minlash, statistika ma’lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilanib olindi.
Quyidagilar:
Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ;
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining tarkibi ;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI