2. Statistika nimani o‘rgatadi?
Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki o‘rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz. Javoblar bundan ham ko‘p. Ularni ayrimlarini o‘qingda: Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter - “Statistika sen bilmagan narsa to‘g‘risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar - “Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to‘liq induksiyani emas, hamda to‘liqsiz induksiyani xudosidir”; Napolen - “Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog‘i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo‘lgan narsalar kiritilishi, yo‘qoladiganlari va yo‘qolganlari o‘chirilishi kerak”. Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va h.k. tushuniladi.
Random Xouse Sollege lug‘ati statistikani “yig‘ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug‘ullanadigan fan“ sifatini belgilaydi. Statistika bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi fan degan fikrlar ham mavjud. Masalan, “Statistika–bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to‘plash, tasniflash, umumlashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, tadqiqot va talqin qilishni o‘z ichiga oladi” deb yozadi. 2013-yilda chop etilgan “STATISTUCS” kitobining mualliflari James T. McClave, Terry Sincich.
Statistikani tadqiqot metodi deb hisoblovchilar ham yetarli. Masalan, D. Bernonvulle fikricha statistika hodisalarni miqdoriy tomondan o‘rganishni maqsad qilgan metodlar yig‘indisidir. Fransuz olimi R. Dyuma turli instrumentlar (slesarni kalitlari; oshpazni pichoq va kapkirlari; vrachni skateri, to‘qimachini qaychi va ignasi) fan bo‘la olmaganidek statistika ham fan yoki o‘rganish va ifodalash vositasidir deb hisoblaydi.
Statistikani metod sifatida tan oluvchi olimlardan yana biri Amerikalik iqtisodchi Frederix Milssdir. U hatto chop qilgan kitobini nomini hammaga o‘xshab statistika demasdan, statistik metodlar deb atagan. O‘sha kitobning 9-betida “Statistika boshqaruvda va fanda keng qo‘llaniladigan samarali metod” deb yozadi muallif. Statistikani qo‘llanilish obyekti bo‘yicha ham turli fikrlar mavjud. Masalan, keyingi yuz yilda statistikani ijtimoiy fan (hatto partiyaviy fan) ekanligini isbotlovchilar ko‘payib ketdi. Lekin, jonsiz tabiat fanlari – fizika, ximiya, astranomiya, geologiya, metrologiya; tirik jonli tabiat fanlari - biologiya, botanika, zoologiya; inson haqidagi fanlar - psixologiya, antropologiya; tibbiyot fanlari – patanatomiya, kardiologiya, onkologiya; kosmanavtika va nanotexnologiya fanlarida statistik metodlar keng qo‘llanilishini hamma yaxshi biladi.
Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan ta’riflar soni 1700 dan oshiq emish. Hozirgi zamonda qo‘llanilmaydigan tarmoq, yoki soha yo‘q.
Bundan tashqari iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so‘zni vrachlar, jurnalistlar, teleradio boshlovchilar va boshqalar o‘z faoliyatida juda ko‘p ishlatishadi. Bir tomondan, biz statistiklar uchun statistika so‘zini ishlatilishi yoqimli va xursand bo‘lamiz, ikkinchi tomondan bu so‘zni noo‘rin ishlatilishi biz mutaxassislarni ranjitadi. Shu o‘rinda ko‘pchilikni statistika bilan informotsiyani farqiga bormasligiga to‘xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar tushunib tushunmasdan qayerda ikkita raqamni ko‘rsa uni statistika deb tushunishadi. Futbol o‘yinini olaylik, Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” futbol komandalari o‘yini 4-5 hisobida tugadi. Jurnalistlar ikki komandani yoki Ispaniyaning boshqa futbol komandalarini (masalan, 14 turdagi 26-dekabr 2011-yil) o‘zaro o‘yinlari natijalarini o‘quvchiga yetkazishi bu statistika emish.
Bizni fikrimizcha aniq o‘yin yoki futbol turi haqida ma’lumot informatsiya hisoblanadi. Agarda jurnalist bizni aniq o‘yin yoki tur statistikasi bilan tanishtirmoqchi bo‘lsa (jurnalistni qo‘lidan bu ish qilishi qiyin bo‘lsa kerak), u birinchidan aniq o‘yin bilan futbol turini farqiga borishi kerak, ikkinchidan aniq o‘yin yoki tur bo‘yicha u eng bo‘lmaganda quyidagi ma’lumotlarni o‘quvchiga yetkazishi kerak. Birinchidan, darvozalarga kiritilgan 9 ta to‘pni kimlar va qaysi daqiqada kiritdi. Gol kiritganlarni ismi sharifi yoki laqabi yoziladi. Ma’lumki, jahon futbol qiroli bo‘lmish Pelening ismi sharifi boshqa. Gol urilgan daqiqani ko‘rsatilishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘p yillik futbol statistikasidan ma’lumki, tezkor gol (gollar birinchi 20 daqiqagacha urilgan) asosan o‘yin taqdirini hal qilgan.
Demak, komandalarning tezkor gol urushga jon-jahdlari bilan harakat qilishi bekorga emas. Darvozalarga kiritilgan 9 ta goldan qanchasi birinchi va ikkinchi taymlarda kiritilgan. Odatda ikkinchi taymda gollar ko‘proq kiritiladi. Taym yoki o‘yinga qo‘shimcha belgilangan vaqtda kiritilgan gollarni bilish ham muhim. Bundan so‘ng, kiritilgan gollardan (9 ta) har biri qaysi holatda kiritildi degan savolga javob berish kerak. Bizni misolimizda 3(33%) ta gol standart vaziyatlardan (jarima, burchak, o‘n bir metrdan) 67% esa o‘yindan kiritilgan, 5(56%) golni hujumchilar, 2(22%)-yarim himoyachilar, 1(11%)-himoyachilar, 1(11%)-o‘z komandasi darvozasiga (avtogol) kiritgan. Kiritilgan gollardan qanchasi o‘yinchilarni (ayniqsa himoyachilar) aybi bilan qanchasi darvozabonni aybi bilan o‘tkazib yuborildi. Bizni misolimizda 89% gol o‘yinchilarni, 11% gol esa darvozabonlarni aybi bilan o‘tkazib yuborildi.
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o‘yin, tur, mahsum va yil uchun minglab ko‘rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi. Bizni maqsadimiz esa barcha ko‘rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o‘yin bo‘yicha futbol statistikasini ayrim ko‘rsatkichlari yordamida statistika bilan informatsiyani farqini ko‘rsatish edi xolos. Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o‘lchovlar yordamida ko‘psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to‘plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to‘plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o‘rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog‘liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.
Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uning mohiyatini to‘liq tushinib yetish talab etiladi. Vaqt o‘tishi bilan statistikani mohiyati va zaruriyati o‘zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo‘lish paytlarida statistika davlat ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimoti rivojlangan va qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o‘zgarishlar bo‘layotganligi yoki hodisa va voqealarni o‘zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu yerda statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro‘y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o‘zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni yetkazib bera olishi mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir.
Yuqoridagi qisqa tahlil asosida statistikaga berilgan ta’riflar turli-tuman, bir biriga o‘xshamaydi. Ularni bizning fikrimizcha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;
- statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig‘indisi tushuniladi.
- statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan ta’rif);
- statistika deganda statistik metodlar yig‘indisi tushuniladi;
- statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to‘plash va interpretatsiya
(izohlash, talqin qilish) metodlarini o‘rgatuvchi fan tushuniladi va h.k..
Statistika deganda nima tushuniladi:
Statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi.
Statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi.
Statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi.
Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid qilayotgan barcha mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama uchun foydalanishingiz mumkin. Shunga e’tibor beringki, statistika ikkita xilma-xil jarayonni o’z ichiga oladi: (1) ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va (2) tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar, yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish mumkin: tasviriy statistika va analitik statistika
Statistik usul (metod)lar esperimental birliklarning bosh to’plamini o’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun foydalidir.
Masalan, bosh to’plam o’z ichiga (1) AQShdagi barcha yollangan xodimlarni, (2) Kaliforniyada barcha ro’yhatdagi saylovchilarni, (3) OITS xastaligidan har bir aziyat chekayotganlarni, (4) muayyan yig’ish liniyasidan o’tgan yili ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarni, (5) United Airlines ga texnik xizmat ko’rsatish obyektidagi ehtiyot qismlarning butun zaxirasini, (6) ma’lum yil davomida Makdonalds restoranining darchasidan yo’lovchilar tomonidan jami qilingan xaridlarni, yoki (7) ta’til mavsumi davomida shtatlar orasidan o’tadigan avtomagistralning muayyan qismida sodir bo’ladigan barcha halokatlar to’plamini oladi. E’tiboringizni shularga jalb qilsangiz, bosh to’plamning birinchi uchta misoli (1-3) to’plam (guruh) larni ifodalasa, keyingi ikkitasi (4-5) obyektlar to’plamini, keyingisi (6) operatsiyalar to’plamini va so’nggisi (7) hodisalar to’plamini ifodalaydi. Shuni unutmangki, har bir guruh o’z ichiga bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oladi
Bosh to’plamni o’rganishda, biz to’plam birligining bir yoki bir qancha tavsifiga yoki xususiyatlariga diqqatimizni jalb qildiq. Biz bunday tavsifnomani o’zgaruvchan deb ataymiz. Masalan, biz hozirgi davrda AQShdagi ishsizlarning yoshi, jinsi va ta’lim olgan yillari soni to’g’risidagi o’zgaruvchan ma’lumotlarga qiziqishimiz mumkin. O’zgaruvchan ko’rsatkich – bu bosh to’plamdagi alohida eksperimental (yoki kuzatiladigan) birliklarning tavsifnomasi yoki xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |