K.I.Krilov (1689-1737)-statistikada ilk bor davlatni tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni statistik jadval yordamida izohlagan; D.P.Juravskiy – birinchilardan bo‘lib, statistikaga ta’rif bergan; Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914) – Rossiyada uning boshchiligida ilk bor butun Rossiya aholisi ro‘yxati o‘tkazilgan, ko‘p yillar markaziy statistika qo‘mitasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan; Yu.E.Yanson (1835-1893) – statistika umumiy nazariyasidan ilk bor darslik yozgan (bu darslik bugungi kunda ham, bizning fikrimizcha, eng yaxshi darsliklardan biridir); A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan statistik olimlarni bugun eslash joizdir. Ularga S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko‘p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o‘zbek xalqiga o‘rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932-yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o‘zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zbek tilida “Statistika” bo‘yicha o‘quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O‘zbek tilida o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti statistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari namuna bo‘lmoqdalar. Professor Yo.Abdullayev ilk bor statistika umumiy nazariyasidan darslik (1993 y) chop etdilar, 1996-yilda shu fandan o‘quv qo‘llanma nashr etildi, 1998-yilda esa o‘quvchilarga “Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu sohada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.Shadiyev “Statistika nimani o‘rgatadi”. Darslik. T.: O‘zbekiston, 1985.
X.Shadiyev tahriri ostida “Statistika”. Darslik. T.: Ibn Sino, 2004;
X.Shadiev, I.Xabibullayev i dr. “Statistika finansov” Uchebnoe posobie. –T.: Iqtisod-moliya. 2009;
X.Shadiyev “Moliya statistikasi”. Darslik. T.: Iqtisod-moliya, 2010; professorlar
X. Shadiyev, I.Habibullayevlar tahriri ostida “Statistika”. Darslik. T.: “Tafakkur bo‘stoni”, 2013;
X.Shadiyev, I.Habibullayev “Statistika bo‘yicha praktikum”. O‘quv qo‘llanma. T. “IQTISOD-MOLIYA”, 2015;
X. Shadiyev, I. Xabibullayev “Praktikum po statistike” 1 chast. Uchebno-metodicheskoe posobie. TFI. 2018; X.Shodiev, I.Xabibullaev “Praktikum po statistike” 2 chast. Uchebno-metodicheskoe posobie. TFI. 2017;
Do'stlaringiz bilan baham: |