masala. Ikki mahsulot material xarajatlari bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
-
Mahsulot turlari
|
Bazis davr
|
Hisobot davr
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot, t
|
Umumiy material xarajati, t
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot, t
|
Umumiy material xarajati, t
|
A
|
100
|
240
|
110
|
253
|
B
|
200
|
440
|
250
|
500
|
Aniqlang:
mahsulot birligiga qilingan material xarajatlarini;
material xarajatlarining alohida indeksini;
material xarajatlarining umumiy indeksini;
material xarajatlarning mutlaq o’zgarishini.
masala. 2015- yilda korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi (o’zgarmas baholarda) 2014- yilga nisbatan 5% ga oshgan va u 588,1 mln so’mga teng, shu
davrda asosiy kapital hajmining o’zgarishi 8%.
Aniqlang:
kapitaldan foydalanish darajasining o’zgarishini;
mahsulot hajmining mutlaq o’zgarishini.
masala. Viloyat bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan.
-
Ko’rsatkichlar
|
2014-yil
|
2015-yil
|
O’zgarish sur’ati
|
Mutlaq
|
Nisbiy
|
Yalpi hududiy mahsulot (
YAHM ), mlrd so’m
Iqtisodiyotda band bo’lganlar aholi( Aband ), ming kishi
Asosiy kapital hajmi, ( AC
), mlrd so’m Mehnat unumdorligi
W Q Aband
Asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichi
CQ Q
AC
|
2512,6
1042,4
340,6
|
2941,9
1068,6
515,6
|
|
|
Aniqlang:
bo’sh kataklarni to’ldiring;
YAHM ning asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichlari (kapital qaytimi, kapital sig’imi) hisobiga o’zgarishini;
YAHM ning mehnat unumdorligi hisobiga o’zgarishini;
natijalarni tahlil qiling.
masala. Korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
-
Ko’rsatkich
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Ishlab chiqarish hajmi (o’zgarmas baholarda), mln so’m
Asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati
(o’zgarmas baholarda ), mln so’m
Shu jumladan faol qismi
|
2205
2940
1176
|
2742
3345
1404
|
Aniqlang:
1).asosiy kapital va uning faol qismining foydalanish ko’rsatkichlarini, ularning dinamikasini;
asosiy kapital hajmidan foydalanish darajasini omillar hisobidan o’zgarishini;
mahsulot hajmining omillar hisobidan o’zgarishini.
masala. Tashkilot bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan, mln so’m:
-
Ko’rsatkichlar
|
Yanvar
|
Fevral
|
Mart
|
Aprel
|
Oy boshidagi aylanma kapital qoldig’i Shu jumladan:
xomashyo, asosiy materiallar va sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yordamchi materiallar
yoqilg’i;
idish va qoplar
ehtiyot zaxira qismlari
-(kam qiymatli) arzon va tez yemiriladigan buyumlar;
-tugallanmagan ishlab chiqarish, sotishga mo’ljallangan yarim tayyor mahsulot;
kelajak davr xarajatlari;
ombordagi tayyor mahsulot;
yuklangan tovarlar va bajarilgan ishlar;
-pul mablag’lari;
-boshqa aylanma mablag’lari.
|
2706
1722
339
10
10
21
44
129
21
216
45
75
6
|
2715
1725
342
12
15
16
45
132
12
218
60
72
12
|
2505
1717
340
54
36
42
60
135
9
219
42
75
5
|
2550
1719
336
51
27
24
79
132
12
222
63
90
8
|
2. Sotuvdan tushgan pul tushumlar.
|
4070
|
3975
|
4035
|
4080
|
Aniqlang:
aylanma kapital choraklar boshidagi tarkibiy qismlarini;
chorak bo’yicha aylanma kapitalning o’rtacha qoldiq qiymatini, aylanish tezligini, bir aylanish davri va biriktirish ko’rsatkichlarini.
masala.
Mehnatni asosiy kapital bilan qurollanishi va mehnat unumdorligi darajalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligini o’rganish maqsadida 25 ta turdosh korxonalarni teng
intervalli 4 ta guruhga ajrating.
-
|
Asosiy kapital,
mln so’m
|
Qo’shilgan qiymat,
mln so’m
|
Xodimlar soni, kishi
|
1.
|
15,5
|
12,7
|
344
|
2.
|
17,1
|
10,2
|
371
|
3.
|
20,2
|
19,5
|
440
|
4.
|
19,4
|
22,4
|
480
|
5.
|
10,4
|
4,8
|
355
|
6.
|
11,8
|
7,4
|
288
|
7.
|
10,2
|
6,1
|
397
|
8.
|
8,7
|
5,8
|
200
|
9.
|
21,3
|
25,2
|
296
|
10.
|
11,5
|
3,5
|
323
|
11.
|
1,3
|
1,0
|
100
|
12.
|
5,3
|
3,8
|
215
|
13.
|
18,5
|
14,8
|
427
|
14.
|
20,2
|
23,4
|
495
|
15.
|
11,3
|
11,6
|
408
|
16.
|
9,3
|
6,6
|
247
|
17.
|
6,8
|
5,8
|
288
|
18.
|
20,3
|
26,0
|
549
|
19.
|
11,4
|
12,6
|
295
|
20.
|
2,8
|
2,5
|
199
|
21.
|
6,0
|
6,7
|
309
|
22.
|
16,9
|
17,3
|
512
|
23.
|
2,0
|
1,2
|
125
|
24.
|
10,2
|
12,4
|
204
|
25.
|
10,4
|
14,6
|
302
|
Korxonalar bo’yicha mehnatni asosiy kapital bilan qurollanishi va mehnat unumdorligi darajasi o’rtasidagi bog’lanishning regressiya tenglamasini aniqlang, korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblang, olingan ma’lumotlar bo’yicha xulosa qiling.
MAKROIQTISODIY KO’RSATKIChLARNI HISOBLASH USLUBIYATI VA ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI
Uslubiy ko’rsatmalar va namunali misollarni yechish
Ushbu mavzuni chuqur o’zlashtirish va olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’rish uchun talaba quyidagilarni bilishi va tushunishi kerak:
YaIMning iqtisodiy mohiyatini;
YaIMni hisoblashdagi yondashuvlarni;
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli hajmini aniqlashni;
YaIM hajmini uch usulda hisoblashni;
YaIM hajmini o’zgarmas (solishtirma ) baholarda hisoblash usullarini;
YaIM deflyatori va uni aniqlash usullarini.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – milliy hisoblar tizimining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, u muayyan mamlakat hududidagi rezidentlar va norezidentlar tomonidan o’rganilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan pirovard tovar va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatini ifodalaydi.
YAIMni aniqlashda ikki xil yondoshuv mavjud:
tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlarining yig’indisi bo’yicha = shaxsiy iste’mol xarajatlari + yalpi xususiy ichki investitsiyalar (sof xususiy ichki investitsiya
+ kapital iste’moli uchun ajratmalar) + tovar va xizmatlarning davlat xaridi + sof eksport(eksport - import).
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida hosil etilgan daromadlar yig’indisi bo’yicha = arenda haqi + amortizatsiya + foiz stavkasi + mulkdan kelgan daromadlar + dividendlar + yollangan xodimlarning ish haqi + biznesga egri soliqlar
+ korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari + korporatsiyalar foydasiga soliq.
Yalpi ishlab chiqarish(YAICH) –hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi va YAIMni ishlab chiqarish bosqichida hisoblash uchun dastlabki ko’rsatkich hisoblanadi.
Oraliq iste’moli(OI)-hisobot davri mobaynida boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida barcha iste’mol qilingan moddiy ne’matlar (asosiy fondlar iste’molisiz) va bozor xizmatlari qiymatini ifodalaydi.
Oraliq iste’moli quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
moddiy xarajatlar (xomashyo, material, yoqilg’i va h.k.);
boshqa tashkilotlarning xizmatlari haqi;
oraliq iste’molining boshqa unsurlari (tovarlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflar, ilmiy-texnika laboratoriya va byurolarini saqlash xarajatlari, mehmonlarni qabul qilish xarajatlari, xodimlarni ishga olib kelish va ishdan olib borib qo’yish sarflari, xodimlarni ishga taklif qilish bo’yicha sarflar, xizmat safari sarflari va sh.k.).
Yalpi qo’shilgan qiymat(YAQQ)-yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
YAQQ=YAICH–OI
YAIM takror ishlab chiqarish siklining uchta bosqichiga mos keladigan usullarda aniqlanishi mumkin. Bu uch usulning barchasi YAIM hajmi bo’yicha bir xil natijani bersada, ammo ularning har biri iqtisodiy tahlil uchun mustaqil ahamiyat kasb etadi.
YAIMni aniqlashning ishlab chiqarish usuli:
YAIM=YAICH–OI+MSS+ISS,
bu yerda: MSS–mahsulotga sof soliqlar, ISS–importga sof soliqlar. Umumiy holda sof soliqni aniqlash uchun soliq summasidan subsidiya summasini ayirish zarur.
Tarmoq darajasida YAIM quyidagicha aniqlanadi va yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ), deb ataladi:
YAIM=YAICH–OI=YAQQ
Agar YAQQdan asosiy kapital iste’moli (ACI)ni ayirsak, sof qo’shilgan qiymat (SQQ), deb nomlanadigan ko’rsatkich hosil bo’ladi:
SQQ=YAQQ–ACI
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM, har bir tarmoqning YAIM umumiy hajmiga qo’shgan ulushini aniqlash imkoniyatini beradi.
YAIMni aniqlashning taqsimlash usuli:
YAIM=MH+ICHSS+ISS+YAF+YAAD,
bu yerda: MH–yollangan xodimlarning mehnat haqi; ICHSS–ishlab chiqarishga sof soliqlar; YAF–yalpi foyda; YAAD–yalpi aralash daromadlar. Ushbu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
YAAD=YAQQ–MH–ICHIS,
bu yerda: ICHIS–ishlab chiqarish va importga soliqlar.
YAIMni bu usulda hisoblashdan uning qiymat strukturasini va birlamchi daromadlarning taqsimlanishini tahlil qilishda foydalaniladi.
Pirovard foydalanish usuli:
YAIM=YAJ+PI+(EC–IM)+STF,
bu yerda: YAJ–yalpi jamg’arma(asosiy fondlar jamg’armasi, moddiy aylanma vositalar zaxirasining o’zgarishi, sof xarid qilingan qimmatbaho buyumlar); PI–uy xo’jaliklarining, davlat muassasalarining va ijtimoiy tashkilotlarning pirovard iste’moli; EC – eksport hajmi; IM-import hajmi; STF-statistik farq.
YAIM va milliy daromad hajmini uchta usulda hisoblash sxemasini quyidagi shartli misolda ko’rib chiqamiz.
misol. Mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
-
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Mlrd so’m
|
I. Ishlab chiqarish usuli
|
1.
|
Yalpi ishlab chiqarish, asosiy bahoda
|
4500
|
2.
|
Oraliq iste’moli
|
2600
|
3.
|
Yalpi qo’shilgan qiymat, asosiy bahoda (1-2)
|
1900
|
4.
|
Mahsulotlarga soliqlar
|
300
|
5.
|
Mahsulotlarga subsidiyalar
|
200
|
6.
|
Yalpi ichki mahsulot, iste’molchi bahosida (3+4-5)
|
2000
|
7.
|
Xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig’i
|
20
|
8.
|
Yalpi milliy daromad (6+7)
|
2020
|
9.
|
Asosiy kapital iste’moli
|
220
|
10.
|
Sof milliy daromad (milliy daromad) (8-9)
|
1800
|
II. Pirovard foydalanish usuli
(sarflar usuli)
|
11.
|
Pirovard iste’molga sarflar
|
1500
|
12.
|
Yalpi jamg’armaga sarflar
|
500
|
13.
|
Tovar va xizmatlar eksporti
|
450
|
14.
|
Tovar va xizmatlar importi
|
410
|
15.
|
Statistik farq [6-(11+12+13-14)]
|
-40
|
16.
|
Yalpi ichki mahsulot, iste’molchi bahosida (11+12+13-14+15)
|
2000
|
17.
|
Sof milliy daromad (milliy daromad) (11+12+13-14+15-9+7)
|
1800
|
III. Taqsimlash usuli(daromadlar usuli)
|
18.
|
Mehnat haqi
|
1100
|
19.
|
Ishlab chiqarish va importga soliqlar
|
400
|
20.
|
Ishlab chiqarishga va importga subsidiya
|
250
|
21.
|
Yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar [6-(18+19-20)]
|
750
|
22.
|
Yalpi ichki mahsulot, iste’molchi bahosida (18+19-20+21)
|
2000
|
23.
|
Sof milliy daromad (milliy daromad) (18+19-20+21-9+7)
|
1800
|
MHTda qo’llaniladigan baholar tizimi:
Omil baho = Oraliq iste’moli + Mehnat haqi + Yalpi foyda;
Asosiy baho=Omil bahosi + Ishlab chiqarishga sof soliqlar;
Ishlab chiqaruvchi bahosi = Asosiy baho + Mahsulotga sof soliqlar;
Iste’molchi bahosi = Ishlab chiqaruvchi bahosi + Savdo va transport ustamasi.
YAIM hajmining o’zgarishini statistik tahlil qilishda indeks usulidan foydalaniladi:
YAIMning qiymati (nominal YAIM) indeksi (Jqp)
J q p ,
1 1
p
0
0
qp q
bu yerda: q1 p1 –joriy davrdagi YAIM, amaldagi baholarda;
q0 p0 – bazis davrdagi YAIM, amaldagi baholarda.
YAIMning fizik hajmi indeksi (Jq). Ushbu indeks iqtisodiy o’sishni tavsiflovchi muhim ko’rsatkich bo’lib, YAIM hajmining haqiqiy o’zgarishini ifodalaydi.
Bu indeksni hisoblashda baho o’zgarishsiz olinadi. Uni bir necha usullarda aniqlash mumkin:
birinchi usul,
q p
q
J 1 0
q0 p0 ,
1
bu yerda : q0 va q – bazis va joriy davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot
va xizmatlar hajmi; p0-bir birlik mahsulot va xizmatlarning o’zgarmas (bazis davridagi) bahosi.
ikkinchi usul,
Jq J Aban J fs J fq J Aban Jw
bu yerda: J Aban – iqtisodiyotda band bo’lganlar soni indeksi;
Jfs – fond samarasi (qaytimi) indeksi; Jfq – fond bilan qurollanish indeksi; Jw mehnat unumdorligi indeksi.
d) uchinchi usul,
Jq Jqp : J p ,
bu yerda: Jp – YAIM ning indeks-deflyatori (baho indeksi).
YAIM va uning unsurlarini o’zgarmas baholarda hisoblashda YAIMni qayta baholashning quyidagi unsurlaridan foydalaniladi:
baho indeksi yordamida deflyatorlash usuli:
q p
p1q1
q p J
q p
bu yerda: q1 p0 -taqqoslama baholardagi YAIMning joriy davrdagi qiymati.
YAIMning fizik hajmi indeksi yordamida bazis davr ko’rsatkichlarini ekstrapolyatsiya qilish usuli:
q0 p0
Jq
q0 p0
q1p0
q0 p0
q1p0
bevosita qayta baholash usuli. Bu usulda ishlab chiqarilgan (foydalanilgan)
mahsulotlar miqdori mos ravishdagi doimiy baholarga ko’paytiriladi.
xarajat unsurlari bo’yicha qayta baholash usuli. Bu usulda xarajat unsurlari doimiy baholarda deflyatorlashtiriladi.
Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar bahosining joriy davrda bazis davrga nisbatan o’rtacha qanday darajada o’zgarganligini aniqlash uchun YAIMning deflyatori hisoblanadi.
YAIMdeflyatori= No min alYAIM
Re alYAIM
yoki
Jp
p1q1
p0q1
yoki
J p Jqp
Jq
Nominal YAIM – bu tovar va xizmatlarning joriy narxlarda hisoblangan bozor
qiymatidir. Real YAIM– bu bazis narxlarida yoki o’zgarmas narxda hisoblangan mahsulot va xizmatlar qiymatidir.
YAIMning indeks- deflyatori mamlakatda inflyatsiyaning umumiy sur’atini ifodalaydi. Agar deflyator birdan katta bo’lsa, u holda inflyatsion jarayon kechayotgan bo’ladi va aksincha.
Yalpi va sof ichki mahsulot hamda yalpi va sof milliy daromad ko’rsatkichlari o’rtasida quyidagicha o’zaro bog’lanish mavjud:
YAIM–AKI=SIM; YAIM+ D=YAMD; YAMD – AKI=SMD; SIM+ D=SMM,
bu yerda D – xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig’i; AKI – asosiy kapital
iste’moli; SIM-sof ichki mahsulot; YAMD va SMD – yalpi va sof milliy daromad.
misol. Mashinasozlik zavodining faoliyati hisobot yilda quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (joriy baholarda, mlrd so’m):
-
Joriy yilda sotilgan tayyor mahsulot va yarim fabrikatlar
|
340
|
Sanoat xarakteridagi bajarilgan ishlar
|
62
|
Barter bo’yicha almashtirilgan tayyor buyumlar va yarim fabrikatlar
|
15
|
Korxonaning sexlari o’rtasida mahsulot yetkazish
|
110
|
Xodimlarga mehnat haqi sifatida natura shaklida berilgan mahsulotlar
|
2
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish: – yil boshiga
-yil oxiriga
|
27
22
|
Tayyor mahsulotlar zaxirasi: – yil boshiga
- yil oxiriga
|
52
60
|
Yalpi ishlab chiqarish summasi aniqlansin.
Yechish:
YAICH=340+62+15+110+2+(22-27)+(60-52)=532mlrdso’m.
Do'stlaringiz bilan baham: |