Mustaqil yechish uchun masalalar
masala. Respublika bo’yicha iqtisodiyotda band bo’lgan va iqtisodiy faol aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):
-
Ko’rsatkichlar
|
2011-yil
|
2012-yil
|
2013-yil
|
2014-yil
|
1. Iqtisodiy faol aholi
|
10224,0
|
10492,5
|
11299,2
|
11603,1
|
2. Iqtisodiyotda ish bilan band
bo’lganlar
|
10196,3
|
10467,0
|
10735,4
|
11035,4
|
Iqtisodiy faol aholi, ish bilan bandlar va ishsizlar soni bo’yicha mutlaq o’zgarishini, o’zgarish sur’atini va qo’shimcha o’zgarish sur’atini aniqlang (bazis va zanjirsimon usullarda). Natijalar asosida qisqacha xulosa qiling.
masala. Respublikada iqtisodiy faol aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi).
-
Ko’rsatkichlar
|
2011-y.
|
2012-y.
|
2013-y.
|
2014-y.
|
Iqtisodiy faol aholi
|
11299,2
|
11603,1
|
11929,5
|
12286,6
|
shu jumladan:
erkaklar
|
5966,6
|
6240,9
|
6906,0
|
6638,1
|
ayollar
|
5332,6
|
5362,2
|
5523,5
|
5648,5
|
Iqtisodiyotda ish bilan bandlar
|
10735,4
|
11035,4
|
11328,1
|
11628,4
|
shu jumladan:
erkaklar
|
5718,3
|
5978,3
|
6127,8
|
6333,3
|
ayollar
|
5017,1
|
5057,1
|
5200,3
|
5296,1
|
Ishsizlar
|
563,8
|
567,7
|
601,4
|
658,2
|
shu jumladan:
erkaklar
|
248,3
|
262,6
|
278,2
|
304,8
|
ayollar
|
315,5
|
305,1
|
323,2
|
353,4
|
Aniqlang:
barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’zgarish sura’tlarini;
iqtisodiy faol aholi, iqtisodiyotda ish bilan bandlar, ishsizlar tarkibini va tarkibiy o’zgarishlarni;
ishsiz aholi koeffitsiyentlarini.
masala. Shaharda ish bilan band aholi soni 2014-yil 1-yanvarda 352 ming kishi; 1-aprelda 354 ming kishi; 1-iyunda 368 ming kishi; 1-oktabrda 358 ming kishi va 1-yanvar 2015-yilda 360 ming kishi. Ishsizlar soni mos ravishda 39 ming kishi, 40 ming kishi, 32 ming kishi; 35,4 ming kishi va 40 ming kishi.
Aniqlang:
iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlarni 2014-yildagi o’rtacha sonini;
shu davrda ish bilan bandlik va ishsizlar koeffitsiyentini.
masala. Joriy yilda viloyatda aholisining o’rtacha soni 2997,1 ming kishini, mehnat resurslari 1668,7 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 1352,6 ming kishini va ish bilan band aholi 1280,1 ming kishini tashkil etgan.
Aholining iqtisodiy faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini aniqlang.
masala. Tumanda 2014-yili aholining o’rtacha soni 2013,0 ming kishini, ishsizlar soni 35,4 ming kishini, jami aholi sonida iqtisodiy faol aholi 31,8%ni tashkil etgan.
Aniqlang:
iqtisodiy faol aholi sonini;
iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlar koeffitsiyentini.
masala. Viloyat aholisi 5200 ming kishi bo’lib, shundan 52,8% ayollardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi erkaklar salmog’i, ularning umumiy sonida 62,1%, ayollar salmog’i esa 52,5% tashkil etgan. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi shaxslarning 1% ishlamayotgan I va II-guruh nogironlaridir. Bundan tashqari 93,6 mingta nafaqaxo’r va 10 ming nafar 14-15 yoshdagi o’smirlar haq to’lanadigan ishga egadir. Viloyat hududida 15 mingta boshqa davlatlarning fuqarolari ishlagan va boshqa davlatga 7 ming kishi ishlashga ketgan. Iqtisodiy faol aholi 2397,5 ming kishini tashkil etib, shundan 9% ishsizlardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy nofaol aholi 650 ming kishiga teng bo’lgan.
Aniqlang:
mehnat resurslarining sonini;
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi salmog’ini;
mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi sonini;
ish bilan band aholi sonini;
jami aholining va mehnat qobiliyati yoshidagi aholining mehnatga layoqatlilik koeffitsiyentlarini;
iqtisodiy faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini;
mehnatga layoqatli aholining iqtisodiy faollik darajasini. Mehnat resurslari balansini tuzing va uni tahlil qiling.
masala. 1. Shaharda yashayotgan aholining yosh tarkibi quyidagicha bo’lgan:
16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar - 85 ming kishi;
16-59 yoshdagi erkaklar - 73 ming kishi;
16-54 yoshdagi ayollar - 83 ming kishi;
mehnatga qobiliyatli yoshdan o’tganlar - 38 ming kishi.
Mehnatga qobiliyatli yoshda bo’lib, ishlamayotgan nafaqaxo’rlar hamda I va II guruh nogironlari jami mehnatga qobiliyatli yoshdagi shaxslarning bir foizini tashkil etgan.
Shaharda 150 mingta aholi ishlovchilar hisoblanib, ulardan 146 ming kishi mehnatga qobiliyatli yoshdagilardir.
Aniqlang:
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi salmog’ini;
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining umumiy demografik yuklama koeffitsiyentini hamda “nafaqaxo’rlar yuklamasi” va potensial almashtirish koeffitsiyentlarini;
jami aholi va mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik koeffitsientlarini;
jami aholi, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi va mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandlik koeffitsiyentlarini.
masala. Respublikada aholi tarkibi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (yil boshiga, kishi)
-
Yillar
|
Doimiy aholi soni,ming kishi
|
Shu jumladan asosiy yosh guruhlari bo’yicha
|
0-15 yoshda ayollar va erkaklar
|
16-54 yoshda ayollar,
16-59 yoshda erkaklar
|
55 va undan katta yoshdagi ayollar, 60 va undan katta yoshdagi
erkaklar
|
2008
|
27072,1
|
9025,5
|
16481,4
|
1565,3
|
2009
|
27533,4
|
8993,4
|
6953,6
|
1586,4
|
2010
|
28001,4
|
8014,2
|
18363,2
|
1624,0
|
2011
|
29123,4
|
8236,9
|
19148,4
|
1738,1
|
Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholiga to’g’ri keladigan demografik yuklama (mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilarning 1000ta mehnatga qobiliyatli yoshdagilarga nisbati) koeffitsiyentlarini aniqlang:
mehnatga qobiliyatli yoshdan kichiklar bo’yicha;
mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar bo’yicha;
d) jami mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilar bo’yicha.
masala. Viloyat bo’yicha 2015-yilning 1-yanvarida 12 yoshga to’lgan bolalar soni 14200 bo’lsa, quyida berilgan yashash koeffitsiyentlari bo’yicha 2018- yilda mehnat qilish yoshiga to’ladiganlar sonini hisoblang.
-
Yosh
|
Keyingi yoshgacha yashashning ehtimollik koeffitsiyentlari
|
12
13
14
15
|
0,99 884
0,99863
0,99851
0,99843
|
masala. Tumandagi mehnat resurslarining soni 2015- yilning 1-yanvarida 1242,5 ming kishi, 1-fevral 1270,7 ming kishi, 1-may 1302,3 ming kishi, 1-iyul. 1300,5 ming kishi, 1-dekabr 1238,1 ming kishi, 1-yanvar 2015 - yilda 1299,9 ming kishi bo’lgan. Tuman mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini aniqlang.
masala. Tuman bo’yicha mehnat resurslarining soni va taqsimlanishi haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
-
Mehnat resurslari
|
Yil boshida
|
Yil oxirida
|
1.Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi 2.Ishlayotgan pensiya yoshidagilar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar 3.Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lganlar shu jumladan:
sanoatda;
qishloq xo’jaligida;
o’rmon xo’jaligida;
qurilishda;
savdo, transport, aloqa va boshqa tarmoqlarda;
sog’liqni saqlash sohasida;
ta’lim va madaniyat sohasida;
ilm-fan sohasida;
4. O’qiyotgan 16 yoshdan kattalar 5.Uy xo’jaligida band bo’lganlar
|
3054
294
3331
1450
530
163
202
146
201
280
107
252
5
|
3067
301
3346
1456
533
163
203
148
202
282
109
250
6
|
Hisoblang:
mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo’lganlar sonining yil davomidagi o’zgarishini;
iqtisodiyotda band bo’lganlar va mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini va strukturasini.
masala. Hududda mehnat resurslarining soni quyidagicha bo’lgan (ming kishi). 1.01. 2014-y.-560,4; 1.04.2014-y.-576,5; 1.07. 2014-y.-592,0; 1.10. 2014-y.-
604,8; 1.01. 2015-y.-624,7.
Hudud mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini hisoblang.
masala. Tuman aholisining yoshi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
-
Aholi turi
|
Aholi soni, (ming kishi)
|
1.01.2014-y.
|
1.01.2015-y.
|
-Mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo’lgan aholi (0-15 yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdan o’tgan aholi
|
50,6
79,2
32,9
|
56,4
92,3
38,8
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |