II bob. STATISTIK KO’RSATKIChLAR
Uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy misollarni yechish
Statistik ko’rsatkichlar voqea va hodisalarning sifat xususiyatlarini miqdoran xarakterlaydi.
Ushbu mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda talabalar statistik ko’rsatkichlar bo’yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va iqtisodiyotda qo’llash uchun quyidagilarni bilishlari kerak:
- bir turli mutlaq miqdorlarni shartli natura o’lchov birligiga keltirib hisoblashni;
- shartnoma majburiyati, shartnoma bajarilishi, dinamika, tuzilmaviy, koordinatsiya, intensivlik, taqqoslash nisbiy miqdorlarini hisoblashni;
- mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo’llashni.
Statistik ko’rsatkichlar mutlaq, nisbiy, o’rtacha va boshqa turlarga bo’linadi.
Mutlaq miqdorlar o’rganiladigan to’plam birliklarining sonini yoki unga xos bo’lgan belgilar hajmini ifodalaydi va natura, shartli natura hamda qiymat(pul) o’lchov birliklarida o’lchanadi.
Mohiyati jihatdan bir turli (bir jinsli) bo’lgan to’plamning turli ko’rinishdagi birliklari umumiy hajmini aniqlash uchun ular mos qayta hisoblash koeffitsiyentlari yordamida shartli natura birligiga o’tkaziladi.
1-misol. Joriy davrda shahar savdo tarmog’iga keltirilgan sut mahsulotlari quyidagi ma’lumotlarda ifodalangan (tonna hisobida):
3,2% li sut - 1520
6,0% li sut - 1096
Qatiq - 420
Qaymoq - 674
Suzma - 583
Joriy davrda shahar savdo tarmog’iga keltirilgan sut mahsulotlarining umumiy hajmini aniqlash uchun ularni quyidagi shartli sut mahsulotlariga keltirib olish koeffitsiyentlaridan foydalaniladi:
3,2% li sut - 1,0
6,0% li sut - 2,0
Qatiq - 1,0
Qaymoq - 8,5
Suzma - 6,5
Shahar savdo tarmog’iga keltirilgan sut mahsulotlarini shartli o’lchov birligida aniqlang
Yechish.
Alohida turdagi sut mahsulotlarini belgilangan koeffitsiyentlar asosida shartli sut mahsulotlariga keltirib hisoblashni quyidagi jadvalda amalga oshiramiz:
Mahsulotlar
|
Hajmi, tonna
|
Shartli sut mahsulotiga aylantirish koeffitsiyenti
|
Shartli sut mahsulotlarining hajmi, tonna
|
3,2% sut
6,0% sut
Qatiq
Qaymoq
Suzma
|
1520
1096
420
674
583
|
1,0
2,0
1,0
8,5
6,5
|
1520
2192
420
5729
3789,5
|
Jami
|
-
|
-
|
13650,5
|
Demak, joriy davrda shahar savdo tarmog’iga jami 13650,5 tonna sut mahsulotlari yetkazib berilgan ekan.
Nisbiy miqdorlar bir mutlaq miqdorni boshqasiga bo’lish natijasida hosil bo’lib, ommaviy ijtimoiy voqea va hodisalar miqdoriy xarakteristikalarining o’zaro nisbatida aks etadi.
Nisbiy miqdorlarning quyidagi turlari mavjud: shartnoma majburiyati; shartnoma majburiyatini bajarilishi; dinamika; tuzilmaviy; koordinatsiya; intensivlik; taqqoslash.
1. Shartnoma majburiyati nisbiy miqdori quyidagicha hisoblanadi:
2-misol. Korxonada 2013- yilda 210 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqarish majburiyati olingan bo’lib, u 215 mln so’mlik qilib bajarilgan va 2014-yilda esa 220 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shartnoma majburiyati nisbiy miqdorini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |