3-misol. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli va aholi daromadlari bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ko’rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Hisobot davri
|
1. O’rtacha jon boshiga iste’mol (kg):
- non mahsulotlari
- sut mahsulotlari
|
100,0
296,0
|
106,0
274,7
|
2. O’rtacha jon boshiga daromad (solishtirma bahoda), ming so’m
|
2400,0
|
2688,0
|
Elastiklik koeffitsiyentini hisoblang.
Yechish. Elastiklik koeffitsiyentini kuyidagi formula bilan hisoblaymiz.
1. Non mahsuloti bo’yicha u quyidagiga teng:
2. Sut mahsuloti bo’yicha u quyidagiga teng:
Demak daromadlarning 1% oshishi natijasida non mahsulotlari iste’moli 0,5% ko’paygan, sut mahsulotlari iste’moli esa 0,6% kamaygan.
IV. Daromadlarning tabaqalanishi quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi:
modal va medianal daromad;
fond koeffisiyenti va tabaqalanishning detsili koeffisiyenti;
Djini daromadlar koeffisiyenti va Lorents egri chizig’i;
qashshoqlik darajasi, qashshoq aholining jon boshiga daromadi.
Ushbu ko’rsatkichlar berilgan yopiq oraliqlar, detsillar (10%) va boshqa oraliqlar bo’yicha guruhlangan aholi sonini jon boshiga pul daromadlari miqdorlari bo’yicha taqsimlash asosida hisoblanadi.
Modal daromad(Mo)ning qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
bu yerda: modani o’z ichiga oluvchi oraliqning quyi chegarasi; - modani o’z ichiga oluvchi oraliqning kattaligi; - modani o’z ichiga oluvchi oraliqning vazni; - modani o’z ichiga oluvchi oraliqdan oldingi oraliqning vazni; - modani o’z ichiga oluvchi oraliqdan keyingi oraliqning vazni.
Medianal daromad ( ) ning qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
bu yerda: medianani o’z ichiga oluvchi oraliqning quyi chegarasi;
- medianani o’z ichiga oluvchi oraliqning kattaligi; - quyi medianani o’z ichiga oluvchi oraliqning vazni; - medianani o’z ichiga oluvchi oraliqdan oldingi oraliqdagi jamlangan vaznlar yig’indisi; - vaznlar yig’indisi.
Fond koeffisiyenti (Kf ) – bu o’ninchi va birinchi detsil guruhlarda o’rtacha daromadlarning nisbatlariga teng:
yoki ,
bu yerda: - past daromadli 10% aholining jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadi; - yuqori daromadli 10% aholining o’rtacha jon boshiga daromadi; - past va yuqori daromadli 10% aholining jami daromadi.
Aholi daromadlari va iste’molining detsil koeffisiyenti ( ) – mos ko’rsatkichlar variatsion qatorlari yuqori va quyi detsillari darajalarining nisbati orqali ifodalanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
,
bu yerda: - quyi detsil, past daromadli 10% aholining eng katta daromadi (yuqori chegarasi); - yuqori detsil, yuqori daromadli 10% aholining eng kichik daromadi (quyi chegarasi).
Quyi detsil quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: quyi detsilni o’z ichiga oluvchi oraliqning quyi chegarasi;
- quyi detsilni o’z ichiga oluvchi oraliqning kattaligi; - quyi detsilni o’z ichiga oluvchi oraliq vazni; - quyi detsilni o’z ichiga oluvchi oraliqdan oldingi oraliqdagi jamlangan vaznlar yig’indisi; - vaznlar yig’indisi.
Yuqori detsil quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: yuqori ditsilni o’z ichiga oluvchi oraliqning quyi chegarasi;
- yuqori ditsilni o’z ichiga oluvchi oraliqning kattaligi; - yuqori ditsilni o’z ichiga oluvchi oraliq vazni; - yuqori ditsilni o’z ichiga oluvchi oraliqdan oldingi oraliqdagi jamlangan vazinlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |