Sanoq sistema bu …
sonlarni yozish usulini tasvirlash
Pozitsion sanoq sistemalariga qaysilar kiradi?
2, 8, 10, 16
Asosiy platasi …
Mikroprotsessor, qattiq disk, tezkor xotira, disk yurituvchi, adapter va elektr toki bilan ta’minlovchi bloklarni o‘zida jamlaydi va ularni ishlashini ta’minlaydi
Qattiq disk …
Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun xizmat qiladi
Tezkor xotira …
kompyuterning vaqtinchalik xotirasi xisoblanadi, kompyuter ishlash jarayonida ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi
Adapter …
Turli xil tashqi qurilmalar ishlashini ta’minlaydi
Disk yurituvchilar …
disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va disklarga ma’lumotlar yozish uchun mo‘ljallangan qurilma
Elektr toki bilan ta’minlovchi blok ...
Asosiy platadagi qurilmalarni o‘ziga mos elektr-quvvati bilan ta’minlash
Monitor …
kompyuterdagi xotirasidagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma
Klaviatura necha qismdan iborat?
5 ta
Esc tugmasining vazifasi nimadan iborat?
tugallanmagan farmoyishni bekor qiladi
CapsLock tugmasining vazifasi nimadan iborat?
klaviturani katta harflar tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha
Shift tugmasining vazifasi nimadan iborat?
bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o‘zgartiradi va kichik harf o‘rniga katta harfni kiritadi va aksincha
Do'stlaringiz bilan baham: |