Jadvallar quyish. PowerPoint dasturida boshqa dasturlardagi kabi jadval ko’rinishidagi ma'lumotlarni xam kiritish va uni taxrirlash mumkin. Bu standart uskunalar panеlidagi quyidagi piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi, ya'ni:
(MS Word) yoki (MS Excel) tugmachalar (piktogrammalar) dan birini tanlab bosiladi;
Jadvalning kеrakli ustun va satr paramеtrlari tanlab olinadi va ekranda xosil bo’lgan jadvalga sonli va matnli qiymatlar kiritiladi;
Jadvalga o’zgartirishlar kiritiladigan bulsa jadval faollashtiriladi, ya'ni sichqoncha ko’rsatkichi jadval tasviri ustida ikki marta bosiladi.
Jadval bilan ishlashni tugallash sichqoncha ko’rsatkichi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |