Yaratilayotgan taqdimot slaydlari kompyuter diskida emas, balki dasturning ish maydonida mavjud bo‘ladi. Taqdimotlardan keyinchalik foydalanish uchun ularni kompyuter diskiga saqlab qo‘yish zarur.
Файл menyusini oching
Сохранить как menyu bo‘limini tanlang
Paydo bo‘lgan muloqot oynasidan taqdimotni saqlash papkasini oching
Taqdimot nomini kiriting, masalan Dastur imkoniyatlari
Тип файла maydonida esa dastur tomonidan avtomatik ravishda taqdimot turi tanlanadi, ya’ni fayl ppt (pe-pe-t) kengaytmasiga ega bo‘ladi
Сохранить tugmasini bosing.
Tezkor saqlash
Agar taqdimot fayli avvaldan diskda saqlangan bo‘lsa va siz uni dastlabki o‘z nomi bilan saqlamoqchi bo‘lsangiz, u holda quyidagi amallarni bajaring:
- Файл menyusini oching va Сохранить bo‘limini tanlang
yoki
- Uskunalar panelidan Сохранить tugmasini bosing
Mavjud taqdimotlarni klaviatura tugmalari birikmasi yordamida ham saqlash mumkin, buning uchun Ctrl+Stugmalar birikmasini bosing
Do'stlaringiz bilan baham: |