Taqdimotlar yaratishda matnlarning roli muhim ahamiyatga ega. Matnlar rasm va jadvallarni tushuntirish uchun xizmat qiladi, shuningdek butun bir ma`ruza tayanadigan vosita hisoblanadi.
Taqdimotni ma`um shablonlar asosida yaratish jarayonida matnlar, ularni kiritishga mo`ljallangan maydonlarga kiritiladi.
Bunda matn kiritish maydonlarida tegishli yordamchi so`zlar joylashgan bo`ladi, masalan Заголовок слайды, Подзаголовок слайды.
Agar matnni shablonda ko`zda tutilgan maydondan tashqariga kiritmoqchi bo`lsangiz, u holda matn maydonini yarating.
- Buning uchun uskunalar panelidan Надпись tugmasini bosing
- Slayddan matn joylashtirilishi kerak bo`lgan joyga bosing
- Paydo bo`lgan maydonga talab qilingan matnni kiriting, masalan: Birinchi taqdimot
- Belgilashni bekor qilish uchun maydondan tashqariga bosing
Do'stlaringiz bilan baham: |