Потенциометрик титрлаш



Download 167,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.02.2022
Hajmi167,04 Kb.
#56793
1   2
Bog'liq
Потенциометрик титрлаш

GALVANIK ELEMENTLAR — elektr toki manbalarining umumiy 
nomi; elektrolit va unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)lyan 
iborat. Bunday elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog 
L. Galvani 
jonivorlar ustida oʻtkazgan tajribalar asosiy turtki boʻldi (nomi shundan). 
Galvanik elementlarda kimyoviy reaksiya natijasida hosil 
boʻlgan energiya bevosita elektr energiyasiga aylanadi. A. Volta yaratgan volta 
ustuni birin
chi Galvanik elementlar boʻlgan. 19-asr oʻrtalarigacha Galvanik 
elementlar yagona elektr toki manbai hisoblangan. Elektrodlardan biri (musbati) 
anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaksiya natijasida elektrodlarda 
potensiallar farqi hosil boʻladi. Bu elektrodlarni tutashtirib turadigan simda elektr 
toki vujudga keladi. Eng koʻp tarqalgan Galvanik elementlarda musbat elektrod 
oʻrnida koʻmir tayoqcha, manfiy elektrod oʻrnida rux tayoqcha, elektrod oʻrnida 
esa novshadil 
eritmasi ishlatiladi. Suyuq elektrolit oʻrnida quyuq pastalar 
qoʻllanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi) hosil boʻladi. Galvanik 
elementlarda reagentlar sarflanib (z
aryadsizlanib) boʻlganidan soʻng u ishga 


yaroqsiz holga keladi, yaʼni ularni qayta zaryadlab boʻlmaydi. Galvanik 
elementlar ixtiro qilinishi bilan tok 
xususiyatlarini oʻrganish va undan foydalanish 
imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi. 
AKKUMULYATOR (lot. accumulator — 
toʻplovchi) — keyinchalik 
foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, 
inersion xillari bor. Elektr A. elektr toki 
taʼsirida kimyoviy energiyani elektr 
energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr Akkumulyator musbat 
elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib 
turuvchi sirtida potensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) 
deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr 
energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga 
aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, Akkumulyatorlar kislotali va ishqorli xillarga 
boʻlinadi. Kislotali Akkumulyator larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi
musbat elektrod sifatida 
qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy elektrod sifatida qoʻrgʻoshin 
ishlatiladi. Bunday Akkumulyator lardan avtomobil transportida, aviatsiyada, 
aloqada foydalaniladi. Ishqorli Akkumulyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiy-
nikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-
kadmiyli boʻladi. Kadmiy-nikelli 
Akkumulyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy 
elektrodi kadmiy aralashtirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida 
oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid 
qoʻshilgan aralashma ishlatiladi. Akkumulyator zaryadlanish va zaryadsizlanish 
vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1—2 V) va sigʻim (amper-soat) 
bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun Akkumulyatorlar ketma-ket ulanib, 
batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-nikelli va temir-nikelli Akkumulyator 
aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; 
kumush-ruxli va kumush-kadmiyli Akkumulyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga 
olish apparati va b. da ishlatiladi. Issiqlik A. tarmoqdagi 
bugʻ bosimini birday 
saqlab turadi. Gidravlik Akkumulyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki 
gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100—300 atm bosim ostida suyuqlikni 


yigʻib, gidravlik presslarga va b. mashinaqurollarga bir meʼyorda berib turadi. 
Inersion Akkumulyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport 
vositalari va b. da foydalaniladi. Soatlardagi 
prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya Akkumulyatori 
hisoblanadi. 
Гальваник элементнинг ЭЮК ни компенсация усули билан аниқлашда 
Вестоннинг нормал элементи қўлланилади. Бу элементнинг ЭЮК ўзгармас 
қийматга эга бўлганлиги сабабли, халқаро эталон сифатида қабул қилинган. 
Вестон элементида катод вазифасини (манфий қутб) кадмийнинг тўйинган 
амальгамаси (таркибида 12,5 % Cd тутган), анод вазифасини (мусбат қутб) 
сиртига Hg2SO4 ва Hg ларнинг аралашмасидан иборат паста билан 
қопланган тоза симоб бажаради. Электролит вазифасини CdSO4*8/3H2O нинг 
ортиқча миқдордаги кристаллари бўлган CdSO4 нинг тўйинган эритмаси 
бажаради (эритма Hg2SO4 га нисбатан ҳам тўйинган бўлади). Кадмийли 
элементнинг занжири қуйидагича ёзилади:
ёки тўлиқ кўринишда 
Вестон элементида қуйидаги реакция боради ва бу реакция мувозанат 
ҳолатига жавоб беради: 
ёки тўлиқ ҳолда реакцияни қўйидагича ёзиш мумкин: 
Вестон элементининг 20 0 С даги ЭЮК Е=1,0180 В га тенг. 
Ушбу элемент ЭЮК нинг ҳароратга боғлиқлигини 


тенглама орқали ифодалаш мумкин, бу ерда t – 0 C лардаги ҳарорат. 
Вестон элементи ташиш содир бўлмайдиган элементга мисол бўлади. 
Мис пластинкаси ўз тузи эритмасига ботирилган бўлса мис 
пастинкасидан мис ионларининг эритмага чиқишига эритмадаги мис ионлари 
тўсқинлик қилади ва эритмага мис ионлари нисбатан кам чиқади. Бунда ҳосил 
бўлган потенциал қиймати дастлабкисидан фарқланади, яъни камаяди. Демак, 
ҳосил бўлган потециал қиймати концентрацияга боғлиқ экан. Потенциалнинг 
концентрациясидан бошқа омилларга ҳам боғлиқлиги Нернст тенгламасида 
берилган. 
Агар ноактив металлар, масалан, платина пластинкаси ўз тузининг 
қайтарилаг ва оксидланган эритмасига туширилса, платина эритмадан 
электрон қабул қилиб манфий зарядланади, эритма қавати мусбат ёки, 
аксинча, платина электрон бериб мусбат зарядланади. Унинг сиртига яқин 
эритма эса манфий зарядланади ва қўш электр қават ҳосил қилади. 
Демак, агар бирор пластинка ўз тузи эритмасига ёки сувга ботирилса, 
металл юзасида маълум жараёнлар содир бўлиб, қўш электр қавати ҳосил 
қилади. Бунда металлнинг кристалл панжарасидаги металл ионлари 
эритмадаги туз молекулалари таъсирида металл юзасидан ажралиб сувга 
ўтади. Металл юзаси ўзида қолган ортиқча электронлар ҳисобига манфий 
зарядланади, сув қавати эса эритмага ўтган ионлар ҳисобига мусбат 
зарядланади. Эритмага ўтган металл ионлари эритманинг ҳажми бўйлаб 
тарқалиб кетмайди, балки металл сиртига тортилиб туради. Шундай қилиб, 
металл юзасида қўш электр қавати ҳосил бўлади. 
Ҳосил бўлган потенциал Е реал потенциал дейилади ва унинг қиймати 
таққослаш электроди орқали потенциометр ёрдамида аниқланади. 



Download 167,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish