Portlatuv ishlari
Portlatuv ishlari
— tabiiy (tog jinsi, yogʻoch, muz) yoki sunʼiy (tosh, gʻisht, beton devor,
metallar va boshqalar) materiallarni koʻporish, siljitish, ularning tuzilishi yoki shakl oʻzgarishini
tekshirish maqsadida xalq xoʻjaligida bajariladigan ishlar. Portlatuv ishlari portlovchi moddalar va
zaryad yordamida bajariladi. Portlovchi moddalarni qoʻporiladigan obʼyekt orasiga joylashtirish
uchun unda, odatda, oldindan burgʻilab boʻshliq (shpur, kamera) qaziladi.
Portlatuv ishlari ning qoʻllanish sohasi keng. Ular konchilikda eng koʻp ishlatiladi: qazilma
boyliklarni seysmik usulda qidirish, konlarni ochish, qattiq qazilma boyliklarni qazib olish va
boshqa Qurilishda Portlatuv ishlaridan qurilish may-donchalarini tekislash, muzlik va qoyali
zaminlarni yumshatish, harsang tosh va ildizlarni qoʻporish, toʻgʻonlar qurish, yoʻl va gidrotexnik
tonnellar qurish va boshqalarda foydalaniladi. Su v xoʻjaligida Portlatuv ishlari yordamida suv
havzalari tubini va daryoning kema qat-naydigan joyi (farvateri)ni chuqurlashtirish, koʻl ostiga
tiqilib qolgan katta muz boʻlaklarini parchalash, inshootlarni bahorgi muz siljishlaridan saklash va
boshqa bajariladi. Sh i moliy qutb sharoitida Portlatuv ishlari bilan muz uyurmalari parchalanadi,
muzlab qolgan kemalar muzlardan tozala-nadi va boshqa Metallurgiya sanoa-tida Portlatuv
ishlaridan metallarni, poʻlatlistdan shtamplangan murakkab detallarni va metallarning
payvandlangan joylarini mustahkamlashda, quymalarni kuyindi va zangdan tozalash va
boshqalarda foydalaniladi. Neft va gaz sanoatida quduqlarda torpedalarni portlatish yoʻli bilan
neft katla-midagi debit oshiriladi, suv ostidan neft qazib chiqarish uchun sunʼiy toʻgʻon va yer
osti neft ombori quriladi. Portlatish yoʻli bilan neft va gaz quduqlaridagi yongʻin oʻchiriladi.
Elektr detonatorlarni portlatish portlatuv mashinasi bilan amalga oshiriladi. Portlatuv mashinasi
elektromagnitli, kondensatorli va dinamo-elektrikli xillarga boʻlinadi. Kondensatorli portlatuv
mashinasi koʻp tarqalgan, unda tok manbai sifatida kondensator ishlatiladi. Mashinaning ishlash
tarzi kam quvvatli elektr toki manbaidan olingan elektr energiyani 10—20 sek kondensatorga
yigib, yi-gʻilgan energiyani portlatish tarmogʻiga ulashdan iborat.
Portlovchi moddalardan tinch maqsadlarda foydalanish qadimdan maʼlum; birinchi marta 1448—
72 yillarda Neman daryosini tosh va boshqa jinslardan tozalashda ishlatilgan. Keyinchalik
poroxdan foydalanib ruda qazib chiqarish Rossiya (1617), Sileziya (1627), Chexiya (1629),
Angliya (1670) va boshqa joylarda keng tarqala boshladi. Keyin elektr usuli bilan portlatish
(1812) va dina-mitning (1860) ixtiro qilinishi, burgʻilash mashinalari (1861), kapsyul-
detonatorlarning yaratilishi (1867) Portlatuv ishlarini keng rivojlantirishga olib keldi. Portlatuv
ishlarida zaryadining kuchi 0,1 t dan bir necha ming t gacha boʻlgan portlovchi moddalar va
yadroviy portlashdan foydalaniladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Portlat
uv_ishlari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Portlatuv_ishlari&oldid=285
4351
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |