Tog‘ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. YArim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo‘llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog‘liqdir.
Portlatish ishlari quyidagilarni ta’minlashi zarur:
keyingi ishlab chiqarish jarayonlari uchun tog‘ jinslarini belgilangan darajada maydalanishini;
portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifat va navlarini;
minimum darajada pog‘ona maydonchalari belgilari o‘lchamlari va shakllaridan chekinish;
berilgan pog‘ona shakli va qiyalik burchaklarini, keyingi (navbatdagi) skvajinalarni burg‘ulash va zaryadlash xavfsizligini;
qazish va yuklash ishlari uchun qulay bo‘lishi uchun belgilangan o‘lcham va shakldagi portlatilgan tog‘ jinsi uyumini,
tog‘ jinslarini joylashtirishda zarur bulgan masofa va yo‘nalishlarni, asosan qazib o‘tilgan maydonga joylashtirishda;
atrofdagi inshootlar va karerning oxirgi konturidagi tog‘ jinsi massivini maksimal darajada saqlash xamda, ularga minimal darajada portlashning seysmik ta’sirini;
yuqori unumdorlikda qazish va yuklash ishlari uchun etarli hajmdagi portlatilgan tog jinslarini;
kon ishlarini yuqori samaradorligini, ish unumdorligini va xavfsizligini.
Tog‘ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. YArim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo‘llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog‘liqdir.
[Введите подзаголовок документа]
[Введите аннотацию документа. Аннотация обычно представляет собой краткий обзор содержимого документа. Введите аннотацию документа. Аннотация обычно представляет собой краткий обзор содержимого документа.]