Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


§ 6. Kimyoviy reaksion jarayonlar



Download 1,02 Mb.
bet10/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

§ 6. Kimyoviy reaksion jarayonlar.
101. Bir nechta jarayonlarni o‘z ichiga olgan tizimlar (gidrodinamik, almashish, reaksion) reglamentlangan parametrlarni nazorat qilish asboblari bilan ta’minlanadi. Boshqarish, tartibga solish va avariyaga qarshi himoya vositalari, jarayonning barqarorligini va portlash xavfsizligini ta’minlashi kerak.
102. Har qanday toifali portlash xavfi bor bloklar uchun reaksion jarayonlarning texnologik apparaturasi, avtomatik nazorat qilish, tartibga solish vositalari bilan va portlash xavfi bor jarayonni (kelayotgan birlamchi-dastlabki va nisbati, material oqimdagi komponentlar miqdori, ularning reaksion apparaturada kritik qiymatiga, bosimiga va muhitdagi haroratiga etishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi, sarf-xarajati va tashuvchining parametrlari va boshqalar) bir yoki guruhlar parametrlarining himoya to‘siqlari bilan ta’minlanadi. Bunda, 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar bilan qurilmalar (uskunalar) tarkibiga kiruvchi texnologik asbob-uskunalar, har bir xavfli parametrga kamida ikkitadan kam bo‘lmagan datchiklar tartibga solish va avariyaga qarshi avtomatik himoya vositalari bilan ta’minlanadi, zaruriyat bo‘lganda - boshqarishni va himoya qilishni takrorlash tizimlari bilan ta’minlanadi.
103. Avariyaga qarshi himoya qilish avtomatik tizimning ishlab ketishi berilgan dasturlar (algoritm) bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
104. Qv ≤10 ega bo‘lgan texnologik bloklardagi reaksion jarayonlarni boshqarish tizimlarida, xavfli parametrlarni avtomatik nazorat qilish sharoitida qo‘lda (dastakli) tartibga solish vositalaridan va ular ruxsat etilgan qiymatlaridan chiqib ketganida ishlab ketadigan signalizatsiya vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
105. Oraliq peroksid birikmalar, qo‘shimcha portlash xavfi bor smolalanish va zichlanish mahsulotlarining (polimerizatsiya, polikondensatsiya) va boshqa beqaror moddalarning, hosil bo‘lishi imkoniyati bo‘lgan, ularni apparaturada va quvurlarda qatlamlar hosil qilishi mumkin bo‘lgan reaksion jarayonlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
portlash xavfi bor moddalar hosil bo‘lishiga yordam beruvchi aralashmalar xom-ashyoga tushishining miqdorini, shuningdek beqaror birikmalarning oraliq mahsulotlarda mavjudligini nazorat qilish va berilgan rejimni ta’minlash;
apparaturada beqaror moddalarning xavfli konsentratsiyalari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ingibatorlarni kiritilishi; qo‘llanilayotgan konstruksion materiallarning sifatiga va jarayonda mahsulotlar bilan kontaktda bo‘ladigan apparatlar, quvurlar, armaturalar, datchik priborlari yuzasiga ishlov berilishini benuqsonligiga qo‘yiladigan alohida talablarning bajarilishi;
portlash xavfi bor qattiq beqaror mahsulotlarni to‘planib qolishiga imkon olish yoki kamaytirish uchun sig‘imli apparaturadagi mahsulotlar, xom-ashyolarning uzluksiz sirkulatsiyasi;
apparaturadan xavfli komponentlar bilan to‘yingan reaksion massani chiqarilishi;
polimerizatsiyalanish yoki smolalanish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlarni saqlash rejimi va vaqtini, shu jumladan ularni tashish muddatini ta’minlash.
Jarayonni tashkil qilishning zaruriy va yetarli sharoitlarini tanlash, jarayon ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
Xom-ashyodagi aralashmalar miqdorlarini nazorat qilish davriyligi va usullari, oraliq va eng oxirgi mahsulotlarning reaksion massasidagi beqaror birikmalari, xavfli qo‘shimcha moddalarni o‘z ichiga olgan reaksion massani chiqarib tashlash tartibi, mahsulotlarni saqlash rejimi va vaqti ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, bular loyiha hujjatlarida va ishlab chiqarishning texnologik reglamentida aks ettiriladi.
106. Asbob-uskunalar va quvurlarning ichki yuzalaridagi qattiq mahsulotlarning to‘planishi, ularni, shu jumladan texnologik tizimlardan avariya holatida to‘kish moslamalari ham tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan holatlarda, bu to‘planib qolgan qatlamlarni mavjudligini qilish va ularni xavfsiz yo‘qotish choralari, zaruriy xollarda — asbob-uskunalar nazarda tutiladi.
107. Havo kislorodi bilan va (yoki) suv bilan o‘zaro ta’sirda o‘z-o‘zidan yonib ketishi va (yoki) portlab ketishi mumkin bo‘lgan katalizatorlarni, shu jumladan metalloorganik kislotalarni qo‘llashda, tizimga xom-ashyo, material va inert gazning tarkibidagi kislorod va (yoki) namlikning chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlaridan oshadigan miqdorlarda berilishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar nazarda tutiladi. Kislorod va damlikning ruxsat etilgan konsentratsiyasi, ularning dastlabki mahsulotdagi miqdorini nazorat qilish usullari va davriyligi qo‘llaniladigan katalizatorlarni fizik-kimyoviy xususiyatlari, texnologik blokning portlash xavfliligi toifasini hisobga olgan holda aniqlanadi va reglamentlanadi.
108. Reaksion jarayonlarda komponentlarni dozalash asosan avtomatik holda bajarilishi va apparaturalar ichida portlaydigan aralashmalar hosil bo‘lish yoki reaksiyalarni boshqarib bo‘lmaydigan tarzda o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak, bu jarayon ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
109. Jarayonda qatnashayotgan moddalarning qizib ketishiga, ularni o‘z-o‘zidan alangalanishiga yoki apparaturaning qizigan elementlari bilan kontakti natijasida portlash- xavfi bor mahsulotlarni hosil bo‘lishi bilan termik emirilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun harorat rejimlari, mahsulot uzatilishining optimal tezliklari, ularni yuqori harorat zonasida bo‘lishining chegaraviy ruxsat etilgan vaqti va reglamentlanadi.
110. Jarayonni boshqarib bo‘lmaydigan xavfli rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, jarayonni barqarorlashtirish, avariyaning tarqalishini cheklash yoki apparatlarni bo‘shatish choralari ko‘rilishi kerak.
111. Reaksion massani boshqa apparatga bosim ostida o‘tkazish uchun davriy ishlovchi reaktordagi muhitning qoldiq bosimidan foydalanishga ayrim (alohida), -asoslangan hollarda ruxsat beriladi.
112. Suyuq fazali jarayonlar apparaturasi, undagi suyuqlik sathini tartibga solish va qilish tizimlari, bu suyuqlikni apparaturaga berilishida berilgan sathdan oshganda avtomatik o‘chirish vositalari, yoki toshib ketishiga imkon bermaydigan boshqa vositalar bilan ta’minlanadi.
113. Portlash xavfi bor texnologik jarayonlarning aralashtiruvchi moslamali reaksion apparatlari odatda, aralashtirgich vallari zichlagichlarining ishonchli ishlashini va germetikligini avtomatik nazorat qilish vositalari, shuningdek aralashtiruvchi moslamalar ishlamaganda, shuningdek bu jarayonni olib borish sharoitlari va xavfsizligini ta’minlash talab etilgan hollarda, apparaturaga mahsulotlarni yuklash imkoniyatini oldini oladigan blokirovkalar bilan ta’minlanadi.
114. Sovutuvchi (suyuq agent) bug‘lanishi hisobiga reaksiyaning ortiqcha issiqligini devor orqali issiqlik uzatish bilan olib ketilishi amalga oshiriladigan reaksion apparatura va issiqlik almashinish elementlarida sovuq agent sathini avtomatik nazorat, tartibga solish va signalizatsiya vositalari ta’minlanadi.
115. Reaksion apparaturalarni suyultirilgan gazlar bilan sovitish tizimlarida:
sovuq agent harorati (suyultirilgan gazning qaynash harorati), qiymati avtomatik tartibga solinadigan bosim muvozanatini ushlab turish bilan ta’minlanadi;
reaksion apparaturalarning issiqlik almashinish elementlaridan agentini avtomatik bo‘shatish choralari, shuningdek u to‘satdan o‘chib qolganda sovitish tizimlarida bosimning ruxsat etilgan qiymatdan oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar, nazarda tutiladi.
116. Yuqori portlash xavfi borligi bilan tavsiflanadigan (atsetilin, yuqori parametrlarda etilen, peroksidli, metalloorganikli birikmalar va boshqalar), termik emirilishga yoki ixtiyoriy ravishda o‘z-o‘zidan polimerizatsiyalanish, o‘z-o‘zidan qizib ketishiga moyil, shuningdek o‘z-o‘zidan alangalanadigan yoki suv va havo bilan o‘zaro ta’sirida portlaydigan mahsulotlarni olishda yoki ishlatishda reaksion jarayonlarni ishlab chiqish va olib borish, bu xossalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi va qo‘shimcha maxsus xavfsizlik choralari nazarda tutilishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish