“Salomnoma”
Porlab turar ko’zlarim,
Dildan aytsam so’zlarim,
Xush kelibsiz do’stlarim,
Assalomu aleykum.
Qarindoshmiz, qondoshmiz,
Vatandoshmiz, jondoshmiz,
Qalblar tutash yo’ldoshmiz,
Assalomu aleykum.
Tongmi, shommi, yo-choshgoh,
Uchrashgandan ko’ngil chog’,
Dilda qolmasin hech dog’,
Assalomu aleykum.
Assalom azizlar qalbi quyoshlar,
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,
Yurakdan sizlarga aylaymiz salom,
Ta’zim aylab deymiz, salom assalom.
Assalom so’zimning kirish qismidan,
Assalom mehr to’la qalbim to’ridan,
Keltirdim sizlarga aziz bir kalom,
“Dinoraxon” nomidan salom assalom.
Tanishtirish so’zimni boshlayin men sizlarga,
Shu tadbirga yig’ilgan barcha o’gil-qizlarga.
Zulfiyaxon izdoshi “Dinoraxon” bo’laman,
Xudo xohlasa shu yil 17-yoshga to’laman.
Do'stlaringiz bilan baham: |