313 -guruh talabasi Fozilova Gulruh
– “Popurri yoki ijodiy mashqlar” o‘yini. Bu o‘yin ijodkorlikka da’vat
etuvchi o‘yinlardandir. O‘yinni o‘tkazishdan maqsad: a) tasavvurni o‘stirishga
da’vat etish; b) guruh bo‘lib ishlashdagi zerikarli bir xillikni o‘zgartirish.
Kichik ijodiy guruh a’zolari 8 o‘quvchidan oshmasligi kerak. O‘yin uchun
10 daqiqa vaqt ajratiladi. O‘yinni o‘tkazish uchun tavsiyalar: a) guruh a’zolari
davra qurib o‘tiradilar. Deraza tomonda o‘tirgan o‘quvchi o‘z tasavvurida tug‘ilgan
qisqa jumlani aytadi (1-2 gapdan oshmasligi lozim). Masalan: Kuz keldi.
Daraxtlarning bargi sarg‘aymoqda. Navbatdagi o‘quvchi uzoq o‘ylamasdan bog‘li
matn tuzishni davom ettiradi. Guruh a’zolari mavzu bo‘yicha bog‘li matn tuzishda
assotsiatsiya, kontrast va alternativ holatlarni hisobga oladilar. Har bir
qatnashuvchi 2-3 jumladan qo‘shib, matn tuzishda ishtirok etadi. So‘ngra guruh
a’zolari mashq natijalarini muhokama etadilar; b) muhokamani eshik tomonga
yaqin o‘tirgan qatnashuvchi boshlab beradi. Uning chap tomonidagi o‘quvchi
muhokamani davom ettiradi (Mavzu: “Kuz”. Tayanch tushunchalar: hosil fasli,
mehnat samarasi, hosil bayrami, o‘zbek xalq bayramlari, qovun sayli, shirinak
o‘yini...). Muhokama davomida ijodiy tuzilgan bog‘li matnning izchil rejasi
tuziladi; d) o‘yin o‘qituvchining sharhi bilan yakunlanadi. Mazkur o‘yin orqali
“O‘z o‘rningni top” o‘yini. Bu o‘yin quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
Uni 3-sinfda o‘qitiladigan “Olmosh” so‘z turkumini o‘tish jarayoniga tatbiq etish
yuzasidan so‘z yuritamiz. O‘qituvchi olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlarni bir necha qog‘oz-larga alohida – alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo‘yadi. Olmoshning
ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog‘ozlarni esa bir necha o‘quvchiga berib,
ularni doska oldiga chiqaradi. O‘quvchilar qo‘llarida olmoshning biror ma’noviy
guruhi nomi yozilgan qog‘ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o‘quvchilar
esa bir necha kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no
guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib,
qog‘ozlarni olib, undagi so‘z bilan tanishadilar va mazkur so‘z olmoshning qaysi
turiga mansub bo‘lsa, o‘sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o‘quvchi
Qatoridan o‘rin oladilar. Shu tariqa barcha o‘quvchilar o‘z o‘rnini topadilar. O‘yin
yakunlangach, o‘qituvchi o‘quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan
o‘quvchilarni safdan chiqarib, o‘z o‘rniga o‘tishiga yordam beradi. Adashmasdan
o‘z o‘rnini topgan guruh o‘yin g‘olibi deb e’lon qilinadi. O‘quvchilar bu o‘yinda
ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish
bo‘lishlari lozim. Aks holda o‘yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.
O‘yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga
o‘zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo‘yiladi.
Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa
turkumga mansub so‘zlar ham aralash holda qo‘yiladi. O‘quvchi endi o‘zi olgan
so‘zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o‘ylab ko‘rishi
kerak. Olmosh turkumini yaxshi o‘rgangan o‘quvchi o‘yinning bu bosqichida ham
qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so‘zlar yozilgan kartochkalarni
oladilar va bu so‘z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo‘lsa, uni o‘sha guruhga
yozib qo‘yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o‘yinni shu tartibda davom etti-
radilar. O‘yin yakunlangach, o‘qituvchi yozilgan so‘zlarni ko‘rib chiqadi va qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |