Polsha mundarija: kirish asosiy qism I bob polsha davlatining kelib chiqish tarixi



Download 293 Kb.
bet5/10
Sana01.07.2022
Hajmi293 Kb.
#723771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POLSHA

Davlat tuzumi



Polsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari


Demokrat partiya, 1939-yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995-yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991-yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994-yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984-yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1981-yil tuzilgan; "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1980-yil tashkil etilgan; "Birdamlik-80" kasaba uyushmasi, 1990-yil "Birdamlik" kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi.

Iqtisodiyoti Xoʻjaligi


Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.


Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish