Kurash choralari. Asalari uyalarini poliz ekini dalalari ichida yoki ularga yaqin joylashtirish, ba’zi pestitsidlar asalari uchun zaharli ekanligini esda tutgan holda, nofaol bo‘lib qolgan asalari populyatsiyalarini faollari bilan to‘ldirib turish lozim (Bernhardt et al., 1988).
Poliz ekinlariga tuproq sho‘rligining zarari. Yer sho‘rligining sababi natriy va magniyning xlorid, sulfat, karbonat, bikarbonat, boratlari va boshqa tuzlar bo‘lishi mumkin. Poliz ekinlari yer sho‘rligiga o‘rtacha chidamsizdir. Tuzlar ko‘pligi ildizlarni zararlaydi, o‘simliklar pakana bo‘lib qoladi, hosil pasayadi. Zararlangan o‘simliklarning rangi to‘qroq bo‘ladi. Tuzlar ta’sirida barglarning chetlari kuyadi.
Kurash choralari. Zovurlar va drenaj tizimini qo‘llash, yerning sho‘rini yuvish; jo‘yaklarni balandroq olib, ekinni ularning yon tomonlarida joylashtirish tavsiya etiladi (Bernhardt et al., 1988).
Do'stlaringiz bilan baham: |