Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

“Xalqning aniq maqsad sari harakat 
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib 
xorlikka  tushishi,  baxtsizlik  yukini  tortishi,  e’tibordan  qolib,  o‘zgalarga  tobe  va  qul,  asir 
bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.
 
Mamlakatimizning  kelajagini  va  obro‘-e’tiborini  qadrlaydigan  har  bir  vijdonli  fuqaro 
korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shart. 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  har  bir  fuqaroning,  ichki  axloqiy-ruhiy  maslagi  va 
e’tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarshi ma’rifatning o‘zagini tashkil qiladi. Qonun 
talablarining  to‘laqonli  amalga  oshirilishi  mamlakatimiz  aholisining  turmush  farovonligini 
oshirishga, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. 
Korrupsiyaning  huquqiy  sabablari  haqida  to‘xtalganda,  uning  rivoji  davlatdagi 
qonunlarning  sifatiga  bog‘liq  bo‘lib,  nomukammal  bo‘lgan  qonunlar  ishlamaydi  va 
korrupsiyaga moyil shaxslar bundan ustamonlik bilan foydalanishga intiladi. Korrupsiyaning 
ijtimoiy  sabablariga  jamiyatdagi  nosog‘lom  muhit,  aholining  huquqiy  bilim  va  madaniyati, 
ma’naviyatining  quyi  (past  darajada)  ekanligi,  diniy-ma’rifiy  savodsizligi,  uyushqoqlik  va 
jamoatchilikdagi  faollikning  yetishmasligi  kiradi.  Shunisi  e’tiborliki,  jamiyatdagi  ijtimoiy 
ongning u yoki bu tarzda o‘zgarishiga odamlarda davlat va qonunlarga nisbatan ishonch paydo 
bo‘lishiga, mamlakat rahbar xodimlarining o‘z vazifalarini qay darajada amalga oshirishlariga 


281 
o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi,  albatta.  Ular  tomonidan  to‘g‘ri  va  adolatli  qarorlar  qabul  qilinsa, 
fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklansa, ijtimoiy himoya kuchaytirilsa, xalqning jamiyatda 
adolat,  haqiqat  borligiga  ishonchi  ortadi.  Uning  aksi  bo‘lsa,  odamlar  orasida  norozilik  va 
hukumatga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona 
ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari 
faoliyatini  takomillashtirish  to‘g‘risida”  PF-6005  Farmoni  bilan  ham  bojxona  xizmati 
organlariga korrupsiya va bojxona huquqbuzarliklarini oldini olish bo‘yicha bir qator vazifalar 
belgilab berildi. 
Jumladan: 
- real vaqtda sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzish bilan bog‘liq jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risida xabarlarni tezkor yetkazish uchun shoshilinch aloqa bo‘yicha qisqa telefon raqamini 
tashkil qilish; 
-  huquqbuzarliklar  va  jinoyatlarning  oldini  olish  hamda  aniqlash,  shuningdek,  bojxona 
to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  bilan  bog‘liq  holatlar  va  korrupsiya  alomatlarini  fosh 
etishda ko‘mak ko‘rsatayotgan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi aniq 
vazifalarning berilishi ham yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol ifodasidir. 
Shu bilan birga, mazkur vazifalarni bevosita amalga oshiruvchi, bojxona organlarida eng 
avvalo  korrupsion  jinoyatlarni  sodir  etilishini  oldini  olishga  qaratilgan  “Korrupsiyaga  qarshi 
kurashish  va o‘z xavfsizlik boshqarmasi”ning ham qaytadan tashkil etilganligi, bugungi kunda 
tizimda bu borada katta islohotlar amalga oshirilayotganligini ko‘rsatib turibdi. 
Shuningdek,  Mazkur  Farmon  asosida  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona 
qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati alohida yaxlit idoraviy normativ-huquqiy 
norma sifatida qabul qilindi. 
Mazkur  norma  xalqaro  standart  va  tavsiyalarni  inobatga  olgan  holda,  bojxona  xizmati 
organlarida  korrupsiyaga  oid huquqbuzarliklarni eng avvalo oldini olishga qaratilgan asosiy 
talablar  va    tamoyillarni    belgilash,  jamiyatda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish    madaniyati 
darajasini    oshirish  uchun  bojxona  organlarining  yuqori  axloqiy    me’yorlariga    sodiqligini, 
shuningdek  bojxona xodimlari tomonidan  o‘z faoliyatida  korrupsiyaga oid  huquqbuzarliklar  
sodir etilishiga  yo‘l qo‘ymaslik  va bu borada  samarali tizimni shakllantirish maqsadida qabul 
qilindi. 
 
Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Transparency  International” xalqaro 
tashkilotining reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, 2020 yil 180 ta davlat orasida 146-
o‘rinni egalladi. 
Ma’lumot uchun: Korrupsiyani qabul qilish indeksida sobiq Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan 
davlatlar ichida Gruziya, Armaniston va Belorus sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, Turmaniston 
va Tojikiston reytingdan ohirgi o‘rinlarni egallagan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida 
korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi  PF-6013-son  Farmoniga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Korrupsiyaga  qarshi 
kurashish Agentligi tashkil etildi va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifa va 
vakolatlari belgilab berildi. 

 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish