Politexnika instituti


“Hozircha mamlakatning  hokimiyat  doiralari  qanday  yo’l  bilan,  nimalar



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

“Hozircha mamlakatning  hokimiyat  doiralari  qanday  yo’l  bilan,  nimalar
 
orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida t o’liq, hozircha batafsil 
ma‟lumot  berganicha  yo’q.  Bu  ma‟lumotlar  bilan  chuqur  tanishganimizdan  keyingina  b 
o’layotgan o’zgarishlarga o’zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz”. Prezident xalqqa: “Biz 


31 
birovning  gapiga  kirib  ish  tutmaymiz,  biz  o’zimiz  tanlagan  y  o’limizdan  va  belgilab  olgan 
maqsadimizdan qaytganimiz yo’q. Ishonamanki, bu og’ir sinovlardan ham eson-omon o’tamiz”
,
– 
deb  murojaat  qildi.  Xalqni  og’ir  sinovlardan  o’tayotgan  bir  paytda  sabr-toqatli,  bardoshli  va 
vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi (I.Karimovning Respublika 
aholisiga murojaatidan. “Sovet  O’zbekistoni” gazetasi, 1991-yil, 21-avgust soni).
 
1991-yil  21-avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  o’z  farmoni  bilan  O‘zbekiston 
hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul 
qilgan  barcha  qarorlari  va  ularning  ijrosi  SSSR  va  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyalariga  hamda 
qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmonlariga  va  Vazirlar  Mahkamasining 
qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat 
davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi 
hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi.
 
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari 
Moskvada  fojiali  hodisalar  ro’y  berdi.  Rossiya  Federatsiyasi  rahbariyati  tashabbusi  bilan 
demokratik  kayfiyatdagi  Moskva  aholisi  tomonidan  fitna  bostirildi.  Fitnani  uyushtiruvchilar 
qamoqqa  olindi.  M.S.Gorbachyov  Prezidentlik  lavozimiga  qaytib  keldi.  Biroq  mamlakatdagi 
siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib qoldi. Sovet Ittifoqi 
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
 
I.Karimov  Favqulodda  holat  davlat  qo’mitasi  faoliyatiga  o’z  munosabatini  bildirmagan, 
qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati 
yuz minglab kommunistlarning sha‘ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo’yganini qoraladi. Buning 
ustiga  respublika  kommunistlarini  chalg’itishga  va  davlat  to’ntarishini  qo‘llab-quvvatlashga 
majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan keyin KPSS
 
Markaziy  Qo’mitasi  Siyosiy  Byurosining  tarkibida  qola  olmasligi  to’g’risida  bayonot  berdi. 
Mazkur  Bayonotni  O‘zbekiston  Kompartiyasi  MQ  byurosi  va  Markaziy  nazorat  komissiyasi 
Rayosati ma‘qulladi.
 
1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e‘lon qilindi. Farmonga 
binoan  Respublika  ichki  ishlar  vazirligi  va  Davlat  xavfsizlik  qo’mitasi  O’zbekiston  SSRning 
qonuniy tasarrufiga olindi.
 
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita 
O‘zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
 
Respublika  ichki  ishlar  vazirligi,  Davlat  xavfsizlik  qo’mitasi,  prokuraturasi  va  adliya 
organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi 
qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
 
Q‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  Oliy  Kengash  Rayosatiga  juda  qisqa 
muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy 
Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
 
Respublika  Oliy  Kengashining  Rayosati  1991-yil  26-avgust  kuni  O‘zbekistonning  Davlat 
mustaqilligi  to’g’risida  qonun  loyihasini  tayyorlash  haqida  farmoyish  chiqardi.  1991-yil  28-
avgustda  O‘zbekiston  Oliy  Kengashining  Rayosati  Respublika  Oliy  Kengashining  navbatdan 
tashqari  oltinchi  sessiyasini  1991-yil  31-avgust  kuni  chaqirish  haqida  qaror  qabul  qildi  va 
sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish 
belgilab qo’yildi.
 
1991-yil  28-avgust  kuni  O‘zbekiston  Kompartiyasi  MQ  va  Markaziy  nazorat 
komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning mamlakatda 
19-21-avgust  kunlari  sodir  bo’lgan  voqealar  va  respublika  partiya  tashkilotlarining  vazifalari 
to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS 
MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning 
markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
 
  



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish